O'zbekiston

Zangiotadagi yong‘in salkam 5 soatdan so‘ng o‘chirildi

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berildi.

Zangiotadagi yong‘in salkam 5 soatdan so‘ng o‘chirildi

Bugun, 10 sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in sodir bo‘ldi. 

 

FVV xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish ekipajlari tomonidan yong‘in soat 17:00 da   qurshab olinib, soat 18:56 da batamom o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. 

 

“Yong‘inni bartaraf etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev nazoratida amalga oshirildi. Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"