O'zbekiston

Termizdagi metan zapravkalar vaqtincha yopildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularga gaz yetkazuvchi tarmoqda nosozlik yuzaga kelgan.

Termizdagi metan zapravkalar vaqtincha yopildi

Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

 

Maʼlum qilinishicha, AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz Sanoat tarmog‘i”ga GRS dan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

 

Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar ko‘rilmoqda, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishi bildirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"