Sport

''Suzib ketgan'' milliardlar

Suzish federatsiyasi mansabdorlari 2 milliard so‘mdan ortiq pulni talan-taroj qilgani aniqlandi.

''Suzib ketgan'' milliardlar

 

Suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan aslida Federatsiya Bosh kotibining 15 nafar oila a’zolari Turkiya davlatiga dam olishga yuborilgani aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida O‘zbekiston suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari tomonidan suzish sporti uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan terma jamoa a’zosi bo‘lmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari bo‘lgan jami 15 nafar fuqarolarni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

 

Shuningdek, amalda o‘tilmagan o‘quv — mashg‘ulot yig‘inlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 million so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 milliard so‘m mablag‘lar maqsadsiz sarflangan.

custom img

O‘zbekiston–Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar brigadasi boshqaradi

Uchrashuvning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida ispaniyalik Alexandro Ernandez hamda Diego Sanchez Rojo faoliyat yuritadi.

custom img

JCH-2026. Kolumbiya Kongo DRni mag‘lub etdi va O‘zbekistonning pley-off umidlarini saqlab qoldi

2026 yilgi Jahon chempionatining K guruhi 2-turidan o‘rin olgan Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

custom img

O‘zbekiston Portugaliyaga yutqazdi: Kannavaro o‘yin haqida nimalar dedi?

Bosh murabbiy mundialdagi ishtirok jamoa uchun muhim tajriba bo‘layotganini ta’kidladi.

custom img

JCH-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yutqazdi

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28-iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

custom img

“Portugaliyaga qarshi o‘z rejamiz bor” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston bosh murabbiyi Portugaliya faqat Krishtianu Ronaldudan iborat emasligini, jamoa kuchli raqibdan qo‘rqmasligini va ijobiy natija uchun oxirigacha kurashishini aytdi.

custom img

JCH—2026: Jazoir Iordaniyani 2:1 hisobida mag'lub etdi

Iordaniya hisobni ochganiga qaramay, Jazoir kambek amalga oshirdi.

custom img

JCH-2026. Argentina Avstriyani magʻlub etib, muddatidan avval keyingi bosqich yoʻllanmasini naqd qildi

Uchrashuvda dubl muallifi boʻlgan Lionel Messi mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylanib oldi.

custom img

“O‘zbekiston Portugaliyadan qo‘rqmaydi” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi turnir yakunida jamoa ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan, biroq kuchli raqiblardan qo‘rqmaydigan jamoa sifatida eslab qolinishini istashini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"