O'zbekiston

Semizlik bolalarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Semizlik bolalarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

JSST maʼlumotiga ko‘ra, tashkilotning Yevropa mintaqaviy byurosiga aʼzo davlatlarda yashovchi maktab yoshidagi har uch o‘g‘il-qizdan biri ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekmoqda. Bu holat qizlarga nisbatan o‘g‘il bolalar orasida yuqori. Xo‘sh, bu qaysi omillar bilan bog‘liq? Qanday xavfli asoratlari bor? Muammoning oldini olish uchun nimalar qilish lozim?

 

— Bu muammoning asosiy sababi noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik yetishmasligi, nosog‘lom turmush tarzi va genetik omillar bilan bog‘liq, — deydi mutaxassis.

 

— Masalan, hozir bolalar o‘rtasida transyog‘larga to‘yingan “Fast-fudlar, shirinliklar, yuqori kaloriyali oziq-ovqatlar, gazli va rangli ichimliklar isteʼmol qilish ommalashgan. Qolaversa, bo‘sh vaqtini televizor, kompyuter qarshisida yoki har xil gadjetlarda o‘tkazadigan o‘g‘il-qizlar safi kengaymoqda.

 

Bularning bari vazn ortishi va semizlikka olib kelyapti. Shu tufayli ham yangi asrda qator xavfli xastaliklarning tobora yasharishi kuzatilmoqda.

 

Masalan, semizlik — qandli diabetning 2-turini rivojlantiruvchi xavf. Agar bu kasallik bolalarda 18 yoshga to‘lgunga qadar paydo bo‘lsa, ularning umr ko‘rish davomiyligi qisqarishi ehtimoli ortadi.

 

Ateroskleroz, arterial gipertenziya kabi yurak-qon tomir xastaliklarining erta yoshda paydo bo‘lishida ham vazn ortishining taʼsiri katta.

 

Semirib ketish o‘g‘il bolalarda balog‘atga yetishning kechikishiga, qizlarda esa aksincha, tezlashishiga sabab bo‘ladi. Bu kelajakda bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Vazn ortishi dastlab surunkali yog‘li jigar distrofiyasi, keyingi bosqichda esa jigar sirrozi kasalligini paydo qilishi ham tibbiyotda o‘z tasdig‘ini topgan.

 

Faol o‘sish davrida bolalarning suyak to‘qimalari hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Ortiqcha vazn ularda bo‘g‘im va umurtqa pog‘onasi xastaliklarini yuzaga keltirishi mumkin.

 

O‘z navbatida, semizlik apnoe sindromi (uyqu paytida nafas olishning to‘xtashi), bronxial astma va turli allergik xastaliklarga sabab bo‘lishi ham aniqlangan.

 

Bu muammoga qarshi qanday kurashish kerak? Avvalo, bolalarning ovqatlanish ratsioni va rejimini tartibga solish lozim. Qolaversa, ularning kuniga kamida 1 soat jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish zarur.

 

O‘z navbatida, o‘g‘il-qizlarning kundalik uyqu rejimiga amal qilishini taʼminlash muhim. Chunki meʼyoriy uyqu ishtahani boshqarishga yordam beradi. Qolaversa, farzandlarning kompyuter, smartfon va televizor oldida o‘tkazadigan vaqtini cheklash ular salomatligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

custom img

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

custom img

Chirchiqda yuk mashinasining tirkamasi xonadonga urildi

Xonadonga yetkazilgan zarar qoplanishi bildirildi.

custom img

Brakonerlar qarshiligi: inspektor halok bo‘ldi

Marhum "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"