O'zbekiston

Endi hokimlar mahalliy kengash raisi bo‘la olmaydi

Muhokamadan so‘ng Qonun bir ovozdan maʼqullandi.

Endi hokimlar mahalliy kengash raisi bo‘la olmaydi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

 

Mazkur qonun mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarimiz oldidagi masʼuliyatini oshirish, mahalliy kengashlarning davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, boshqaruvning yana-da shaffof va samarali bo‘lishini taʼminlaydigan qator muhim o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.

 

Unga ko‘ra hokim va mahalliy kengash raisi lavozimlari bir-biridan ajratilib, endilikda hokim mahalliy kengash raisi bo‘la olmasligi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, xalq deputatlari kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi nazarda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, xalq deputatlari kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talab mustahkamlanmoqda. Bunda ushbu tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

 

Qonun bilan viloyat, tuman, shahar hokimi vakolatlari va vazifalariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilib, ularga ko‘ra hokim o‘z nomzodini ko‘rib chiqishda mahalliy kengashga hududni rivojlantirish dasturini taqdim etishi belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, Qonunda mahalliy kengash raisi vakolatlari ham kengaytirilib, “Kengash so‘rovi” va “Kengash tekshiruvi” institutlari joriy etilishi nazarda tutilmoqda.

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"