O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishining ochilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun 25 sentyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

 

Davlatimiz rahbari yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

Taʼkidlash joizki, Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi "Barcha uchun barqaror infratuzilma yaratish" mavzusiga bag‘ishlangan. Global iqtisodiyot kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida infratuzilmani rivojlantirishning strategik dasturlari va rejalari muhokama etiladi.

 

Samarqand shahrida o‘tkaziladigan ikki kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakatdan yuqori darajali delegatsiyalar, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, yetakchi xorijiy kompaniyalarning boshqaruvchilari va nufuzli ekspertlar, jami 2 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston 2016 yil noyabr oyida OIIBga aʼzo bo‘lgan. So‘nggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi. Amalga oshirilgan va joriy loyihalar portfeli 3 milliard dollardan oshib, “yashil” energetika, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, taʼlim va sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan.

 

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.