Iqtisodiyot

Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi

Facebook asoschisi Metaverse loyihasini ishga tushirganida o‘z kapitalining 100 milliard dollaridan ayrilishi mumkin edi.

Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi

Meta kompaniyasi asoschisi Mark Sukerbergning boyligi Metaverse loyihasi ishga tushirilganidan beri olti barobarga oshib, 201 milliard dollarga yetdi.

 

Bloomberg nashrining qayd etishicha, Sukerbergning shaxsiy boyligi birinchi marta 200 milliarddan oshgan. U dunyoning eng badavlat 500 insoni ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan — Sukerbergdan yuqori pog‘onalarda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask, Amazon asoschisi Jeff Bezon va LVHM guruhi egasi Bernar Arno joylashgan.

 

Biznesmenning boyligi asosan Meta Platforms Inc. aksiyalarining rekord darajadagi narxi sabab oshgan. Buning natijasida Sukerbergga tegishli aktivlarning sof qiymati 2 yildan kamroq vaqt ichida qariyb olti barobar oshgan.

 

Yil boshidan beri Meta Platforms Inc. aksiyalarining qiymati o‘tgan yilga nisbatan 60 foizga o‘sgan. 28 sentyabr kuni har bir qimmatli qog‘oz 568,95 dollardan sotilgan.

 

Sukerberg Meta Platforms Inc.ning13 foiziga egalik qiladi, shu sababli 1 yanvardan boshlab uning boyligi 73,4 milliard dollarga oshgan.

 

Nashrning eslatishicha, Sukerbergning Metaverse‘ni yaratish va barcha mahsulotlarini unda birlashtirish g‘oyasi aksiyalar qiymatining keskin tushib ketishiga sabab bo‘lgan. O‘shanda Sukerberg o‘z kapitalining 100 milliard dollaridan ayrilishi mumkin edi.

 

Facebook ijtimoiy tarmog‘i bazasida metaolamning yaratilishi to‘g‘risida 2021 yilning iyulida eʼlon qilingan. O‘sha yilning oktyabrida ushbu ijtimoiy tarmoq, Instagram, WhatsApp va boshqa servislarga egalik qiluvchi Facebook Inc. korporatsiyasi o‘z nomini Meta‘ga o‘zgartirgan edi.

 

Avvalroq amerikalik tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Tadqiqotchilar Maskning boyligi har yili o‘rtacha 110 foizga oshayotganini hisobga olgan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"