O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefonlashdi

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefonlashdi

5 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Prezidentlar O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

 

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo hamkorlik va faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

 

Davlat rahbarlari mintaqada yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

custom img

Tanzila Norboyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Oliy Majlis Senati raisi davlat va jamiyat boshqaruvi, parlament faoliyatini rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan xorijiy davlatlar rahbarlari tabriklamoqda

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va taniqli jamoat arboblari tabrik yo‘llab, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasidagi natijalarni yuqori baholadi.

custom img

Buxoroda 60 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan guruh fosh etildi

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganda ulardan o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar hamda maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

custom img

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi

Rejaga ko‘ra, hisob davrida shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengayadi. Magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha oshiriladi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Xitoyning yetakchi muzeylari bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Islom sivilizatsiyasi markazining Xitoyning yetakchi muzeylari bilan yangi hamkorlik dasturi taqdim etildi.

custom img

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishni taklif etdi.

custom img

“Toshkentga 'yashil shahar' maqomi qaytariladi” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi qator bog‘ va jamoat maskanlarini ko‘zdan kechirdi.

custom img

Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shifoxonaga olib borilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"