Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon razvedkasi rahbarini qabul qildi

Suhbat davomida bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon razvedkasi rahbarini qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-oktabr kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Ozarbayjon idorasi boshlig‘i Shavkat Mirziyoyevga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

"O‘zbekiston-Ozarbayjon ittifoqchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi", - deyiladi xabarda.

 

Suhbat davomida terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatchilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xavflarga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlash va samarali muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"