O'zbekiston

Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi

Haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi

 

Joriy yilning 18-27 oktyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti xalqaro madaniy muloqot markaziga aylanadi. Bugun Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi. Ushbu tadbir doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, ko‘rgazmalar va taqdimotlar tashkil etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. CNN va Euronews telekanallari axborot yo‘nalishida ko‘maklashadi.

 

Madaniy meros haftaligini o‘tkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va o‘zaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qo‘shma loyihalarni tasdiqlash bo‘lib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish uchun yo‘naltirilgan. Bu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq ravishda o‘tkazilmoqda.

 

18-28 oktyabr kunlari haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi. O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan noyob ekspozisiyalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining Toshkent filialida namoyish etiladi.

 

Ilmiy doira vakillari va rasmiylar ishtirokida mavzuga oid forumlar o‘tkaziladi. Madaniy meros haftaligining har bir kuni islomgacha bo‘lgan davrdan boshlab Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans davrigacha bo‘lgan davrlarga bag‘ishlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi" mega loyihasi taqdimoti haftalikning muhim qismi bo‘ladi. Madaniy meros haftaligi ishtirokchilari qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosiga tashrif buyurish va u yerda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda noyob ilmiy loyihalar taqdimoti o‘tkazish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) a’zolari ishtirokida tashkil etiladigan Markazning muzey zallarida mavzuli ko‘rgazma va ekspozisiyalar ochiladi.

 

Umuman olganda, Madaniy meros haftaligi Samarqandda o‘tkazilgan VIII Kongress doirasida boshlangan va tasdiqlangan bir qator yirik loyihalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Endilikda, ushbu loyihalarni ishlab chiqish jarayoni boshlanmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"