O'zbekiston

Saylov natijalari bo‘yicha yakuniy qarorlar e’lon qilindi

Saylangan 75 nafar deputat ro‘yxati ham ma'lum qilingan.

Saylov natijalari bo‘yicha yakuniy qarorlar e’lon qilindi

 

Markaziy saylov komissiyasi bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risidagi qaror matnini hamda saylangan deputatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, joriy yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topilgan. Qaror bilan, shuningdek, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylangan 75 nafar deputat ro‘yxatga olinishi belgilangan.

 

Shu bilan birga, MSK yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga partiyalar ro‘yxati asosida saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarori hamda saylangan 75 nafar deputat ro‘yxatini ham e’lon qildi.

 

Hujjatga muvofiq, Qonunchilik palatasining ro‘yxatga olingan deputatlariga belgilangan tartibda guvohnoma va ko‘krak nishonlari tarqatiladi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

custom img

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og'ir judolikka uchradi

Odilxon qori dafn marosimida ishtirok etmagan.

custom img

Bilim, hamjihatlik va 5 ming qadam: ekologiya qurultoyining ikkinchi kuni qanday o‘tdi?

Qashqadaryoda xalqaro ekologiya qurultoyi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonga 7,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Joriy yilning dastlabki yetti oyida turistik xizmatlar eksporti 56 foizga oshib, 3,895 milliard dollarga yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"