O'zbekiston

202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi

Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.

202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahri Shayxontohur tuman bo‘limi mansabdor shaxslari ish yurituvidagi ijro hujjatlarini asossiz tamomlash oqibatida fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko‘ra, ular tomonidan 202,9 mlrd so‘mlik 200 ta ijro ishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

 

Jumladan, byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan “S.B” MCHJdan davlat foydasiga 19 mlrd so‘mlik, “P.P” MCHJdan 179,2 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qonunchilik talablariga zid ravishda asossiz tugatilgani oqibatida ushbu soliq qarzdorliklari bugungi kunga qadar undirilmagan.

 

Shuningdek, “SCG” MCHJ dan 26,3 mlrd so‘m, “R.F.P.” MCHJdan 19,4 mlrd so‘m va “Ya.M.S.E.T” MCHJdan 1,7 mlrd so‘m davlat foydasiga soliq qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari mazkur korxonalar faoliyat yuritib kelayotgan manzili aniq bo‘la turib, asossiz tamomlangan.

 

Shu kabi “P.E.E.S” MCHJdan undiruvchi “B.P.T” MCHJning foydasiga jami 1,9 mlrd so‘m, “M.S.” MCHJdan undiruvchi “S.” AJning foydasiga 1,1 mlrd so‘m qarzdorliklarni, qarzdor B.P.dan undiruvchi N.G.ning foydasiga 332 mln so‘m jinoyat natijasida yetkazilgan zararni, qarzdor “M.T” MCHJdan davlat foydasiga 6,3 mlrd so‘m va 331 mln so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar mavjud bo‘la turib, asossiz yakunlangan.

 

Holatlar yuzasidan o‘rganish mobaynida to‘plangan hujjatlar asosida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"