O'zbekiston

Samarqandda bir nechta mansabdor pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Samarqandda bir nechta mansabdor pora bilan qo‘lga tushdi

Mutasaddi tashkilotlar vakillarining o‘z mansab vazifalarini suiisteʼmol qilgan holda poraxo‘rlik holatlariga yo‘l qo‘yayotganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu esa o‘z navbatida xalq va davlat idoralari o‘rtasidagi ishonchning darz ketishiga olib keladi. Korrupsion harakatlarga barham berish va nafsi hakalak otgan “masʼullar”ning qilmishlariga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Xususan, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IJQK Departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on tumani Soliq inspeksiyasi inspektori, 1981 yilda tug‘ilgan M.R. mazkur tumanda yashovchi mahalliy fuqaroning 11 million 500 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzini elektron bazadan o‘chirish va qarzdorlik to‘langanligi xususida soxta hujjat rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 6 million so‘m pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, 1972 yilda tug‘ilgan Samarqand shahar Mudofaa ishlari bo‘limining Safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik S.I. va uning yordamchisi, 1991 yilda tug‘ilgan F.E. ham o‘z mansab vakolatidan noqonuniy yo‘llarda foydalanib, o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda Samarqand shahrida yashovchi mahalliy fuqaroning AQSHga ishlash uchun ketgan o‘g‘lini safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘taganligi xususida soxta harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berish evaziga 600 AQSH dollari talab qilgan. “Ustasi faranglar” kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi.

 

Xuddi shunday, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoiy harakatlar Paxtachi va Narpay tumanlarida ham sodir etildi. Jumladan, Milliy gvardiya Paxtachi tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi, 1998 yilda tug‘ilgan safdor Sh.A. mahalliy fuqaroga Paxtachi tumanida joylashgan “Qoraqo‘ton oltin koni” hududidagi 25-sonli shaxtadan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni qazib olishga sharoit yaratib berish evaziga 8 million so‘m va 600 AQSH dollari talab qilib, kelishilgan puldan qolgan 600 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan bo‘lsa, 1998 yilda tug‘ilgan Narpay tumanida yashovchi, Samarqand viloyat Kadastrlar palatasi Narpay tuman filiali muxandisi S.Sh. mahalliy fuqaroning yaqin qarindoshi nomidagi turar joyiga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga talab qilingan 700 AQSH dollarini cho‘ntakka joylamoqchi bo‘lgan vaqtida fosh etildi.

 

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"