O'zbekiston

Samarqandda 8-sinf qiz o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda

Holatga Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

Samarqandda 8-sinf qiz o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda

Samarqand viloyatida 8-sinf o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi. Bu haqida Nemolchi.uz xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 23 oktyabr kuni Samarqand viloyati tumanlaridan birida 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘irlab ketilgan. Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, oradan maʼlum vaqt o‘tgach, ular qizlari yo‘qolgani haqida ariza yozishgan. Badanida zo‘ravonlik izlari bo‘lgan qiz 6 noyabr kuni topiladi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, uni bir necha kun kaltaklab, spirtli ichimliklar va noqonuniy moddalar qabul qilishga majburlab, irodasiga qarshi ushlab turishgan va zo‘rlashgan. 

 

Bolalar ombudsmani ushbu holat Samarqandning Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lganini maʼlum qildi.

 

Holat yuzasidan gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Hozirda jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan qizga nisbatan tegishli sud-tibbiyot va biologik ekspertizalari tayinlangan.

custom img

O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirilmoqda

Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud hamda 208 ta tuman va shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlaydi.

custom img

Chirchiqda Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli u kuchli suv oqimida oqib ketgan.

custom img

Jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilaman — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

custom img

O‘zbekistonda qariyb 3 tonna narkotik yo‘q qilindi

Shu bilan birga yil oxirigacha psixotrop dorilar elektron retsept asosida sotiladi.

custom img

Toshkentda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan media forumi tashkil etildi

“Media haftalik” yakunlari sarhisob qilinib, faol ishtirokchilar taqdirlandi

custom img

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetdi

So‘nggi 30 yilda o‘zbeklarning umr ko‘rish davomiyligi 9 yilga uzaydi.

custom img

Andijonda ota farzandlari uchun 442 million aliment to‘ladi

Erkak shu tariqa qarzni to‘liq ravishda to‘lab berib, sud hujjati ijrosi to‘liq taʼminlangan.

custom img

Toshkentda ota farzandi uchun 50 ming dollar aliment to‘ladi

Eʼtiborlisi, ota farzandi uchun 176 mln so‘m aliment belgilangan, biroq u 50 ming AQSH dollari miqdorida aliment to‘lashga qaror qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"