O'zbekiston

O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi” keng tarqalmoqda

So‘nggi 5 yilda narkojinoyatlar soni ikki barobarga oshgan.

O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi” keng tarqalmoqda

O‘zbekistonda 2019−2024-yillar oralig‘ida narkojinoyatlar soni ikki baravarga ko‘paydi. Bu haqda 15-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro tadbirda Prezident administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov ma’lum qildi.

 

“Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda narkojinoyatlar soni ikki barobarga, giyohvandlik vositalari musodarasi 8,5 barobarga, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi esa 400 barobarga ko‘paydi. Kuzatilayotgan salbiy jarayonlar bu sohada kompleks chora-tadbirlarni belgilash hamda samarali idoralararo va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taqazo etmoqda”, — dedi u.

 

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi rahbari mintaqada, xususan, O‘zbekistonda “dorixona narkomaniyasi” ham keng tarqalayotgani tashvishli hol ekanini ta’kidladi.

 

“Mintaqamizda „dorixona narkomaniyasi“ deb ataluvchi illatning yoshlar o‘rtasida keng tarqalayotgani bizni tashvishga solmoqda. Ushbu yo‘nalishda yaqin qo‘shnilarimiz bilan tajriba almashishga va hamkorlik qilishga tayyormiz. Uyushgan jinoyatchilik tobora transmilliy shaklda faoliyat yuritayotganini inobatga olib, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, unga qarshi transmilliy javob qaytaribgina muvaffaqiyatga erisha olamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

 

O‘zbekistonda 2024-yilda tarixda ilk bor giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024−2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya qabul qilindi. Mamatovning tushuntirishicha, bu strategiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — “aholida, ayniqsa, yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni va narkojinoyatlarga qarshi toqatsizlikni shakllantirishdir”.

 

custom img

Prezident Andijon shahridagi Boburshoh ko‘chasining ikki qismini bog‘lovchi yangi yo‘lo‘tkazgich bilan tanishdi

Yo‘lo‘tkazgichning umumiy uzunligi 796 metr, kengligi 25,9 metrni tashkil etadi.

custom img

Prezident “Agroklaster Oltinko‘l” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Shinjon usulida paxta yetishtirish orqali bir gektardan 60–70 sentnergacha hosil olish, suvni 40 foizgacha, o‘g‘itni esa qariyb 30 foizga tejash imkoniyati yaratilmoqda.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi «LB Sport» korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Korxonada 18 ta sport turi bo‘yicha 65 xil mahsulot ishlab chiqarilib, yiliga 500 ming dona sport anjomi tayyorlanadi.

custom img

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol vafot etdi: u doridan zaharlangan

Marhumaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Endi O‘zbekistonda chiqindi topshirib pul ishlash mumkin

Respublikada ilk bor plastik, shisha va alyuminiy idishlarni topshirish evaziga pul to‘laydigan fandomatlar ishga tushirildi. Ushbu uskuna hajmi va turidan qatʼiy nazar har bir idish uchun 150 so‘mdan rag‘bat puli to‘laydi.

custom img

Oltin va kumush tangalar: Samarkanddagi Shaxmat olimpiadasi uchun esdalik tangalari sotuvga chiqariladi

Esdalik tangalari 31,1 grammdan bo‘lib, cheklangan miqdorda zarb etilgan.

custom img

Sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas: Konstitutsiyaviy sud qaror chiqardi

Shaxsni sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turishga imkon beruvchi norma Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topildi.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"