Sport

Gruziya terma jamoasi Yevropaning kuchli jamoalaridan biriga aylanmoqda

Ayni vaqtda jamoaning bir qator futbolchilari top klublarda o'ynashmoqda.

Gruziya terma jamoasi Yevropaning kuchli jamoalaridan biriga aylanmoqda

 

Gruziya terma jamoasini ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Villi Sanol jamoasi Millatlar ligasining A divizioniga chiqish uchun kurashmoqda. Birinchi o'rinni egallash uchun gruzinlarga Ukraina va Chexiya ustidan g'alaba kerak. Keyin esa raqiblar natijasi qanday bo'lishidan qat'i nazar, jamoa elit divizionga yo'l oladi. Gruziya ilk bor Yevro-2024da pley-off bosqichiga chiqish orqali barchani hayratda qoldirdi. Jamoa ajoyib natijalarni ko'rsatishda davom etmoqda. Gruziyaning asosiy yulduzlarining klublarida vaziyat qanday ketmoqda? Yevrodan keyingi asosiy yulduzlardan biri bu Zuriko Davitashvili. 2019-yilda u Rossiyaga ko'chib o'tgan va "Rubin", "Rotor" va "Arsenal" klublarida o'ynagan. 2022-yilda Davitashvili qisqa vaqt ichida "Dinamo Tbilisi" jamoasiga qaytib keldi va biroz vaqtdan keyin Fransiyaga ko'chib o'tdi. Dastlab Zuriko "Bordo"da faoliyat yuritdi. 2024-yilning yozida esa u "Sent-Eten" safiga borib qo'shildi. Liga 1 mavsumida u 11 ta o'yinda 5 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Gruziya terma jamoasining asosiy yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya Yevro-2024da eng yorqin o'yinini namoyish qildi. Shuningdek, vinger yangi mavsumni “Napoli” bilan muvaffaqiyatli boshladi. Jamoa A Seriyada chempionlik uchun kurashmoqda. Xvicha esa 12 uchrashuvda 5+2 natija qayd etib, gol+pas tizimi bo'yicha ligada sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.

 

Terma jamoaning yana bir futbolchisi Georgiy Mamardashvili Yevro-2024ning katta kashfiyoti bo'ldi. U "Valensiya"da ajoyib o'yinlar ko'rsatgan. Biroq, katta turnirlarda u o'zini ko'rsata olmagan edi. Agar Mamardashvili bo‘lmaganida, gruzinlar pley-offga chiqa olmas edi. Darvozabon turnir davomida 30 ta seyv amalga oshirdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Mamardashvili Yevropa chempionatlari tarixidagi barcha darvozabonlar orasida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Yevropa chempionatidan so'ng gruziyalik darvozabonni "Liverpul" sotib oldi. Mamardashvili 2025-yilda Premyer-ligada o'ynay boshlaydi, biroq hozircha u o'zining so'nggi mavsumini "Valensiya"da o'tkazmoqda.

 

Gruziya terma jamoasi yarim himoyachisi Georgiy Kochorashvili ham Yevropa chempionatini ajoyib o‘tkazdi. U to'rtta o'yinda maydonga tushdi va Turkiya bilan uchrashuvda (1:3) golli uzatmani amalga oshirdi. Kochorashvili "Levante"da qoldi va hozirda Segundadan Primeraga chiqish uchun kurashmoqda. Jamoa 12 turdan keyin yettinchi o'rinda bormoqda. Demak, Ispaniya chempionatining keyingi mavsumida "Levante" va Kochorashvilini ko'rish uchun yaxshi imkoniyat bor. Joriy mavsumda Georgiy 10 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 5 ta to‘p kiritgan.

 

Gruziya terma jamoasining yana uch nafar “mushketyori” himoyachilar hisoblanadi. Turnir davomida ular haqida kam gapirildi, garchi ular to'rtta o'yinni ham o'tkazishgan. Gap Guram Kashiya, Lasha Dvali va Otar Kakabadze haqida ketmoqda. Ammo ularning birortasi ham o'z kareralarida jiddiy o'zgarishlarga duch kelmadi. 37 yoshli Kashiya "Slovan Bratislava"da o'ynaydi. Slovakiyaliklar bilan birgalikda Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma olgan. Lasha Dvali APOELda o'ynaydi. Bu mavsumda klub Kipr chempionatida "Pafos"dan 8 ochko ortda qolgan holda, uchinchi o'rinni egallab turibdi. Kakabadze esa Polsha chempionatida to'rtinchi o'rinni egallab turgan "Krakoviya"da to'p suradi.

 

Bir necha yil ichida Gruziya terma jamoasi autsayderdan Yevropaning kuchli jamoalaridan biriga aylandi. Bu terma jamoa futbolchilari to'p suradigan klublarning saviyasida ham o'z ifodasini topmoqda. Endi Gruziyada elita tomon katta qadam tashlash imkoniyati bor.

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Jahon toji uchun kurash boshlandi: Sindarov va Gukesh hisobni teng ochkolar bilan boshladi

Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bahs jahon chempionligi tarixidagi eng yosh match bo‘ldi.

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.