Siyosat

Senat tarkibi ixchamlashdi: aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

Senat tarkibi ixchamlashdi: aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi. Senatorlar Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot yaratish yo‘lida bor bilim va tajribasini, kuch va salohiyatini ishga solishiga umid bildirdi.

 

Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqarganini taʼkidladi.

 

Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va masʼuliyati bir necha barobar oshdi.

 

Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki sezilarli ravishda kengaytirildi.

 

Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala o‘z yechimini topdi.

 

Shuningdek, Prezident yangi saylangan senatorlarimiz endi bu jarayonlarda faol bo‘lishiga ishonch bildirdi.

 

Yuqori palata o‘z faoliyatida to‘liq ishga solishi mumkin bo‘lgan imkoniyat va yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi.

 

Konstitutsiyada Senat hududiy vakillik palatasi ekani belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, oldingi chaqiriqda Senat mahalliy kengashlar bilan muloqot va hamkorlik borasida faqat dastlabki qadamlarni qo‘ydi.

 

Masalan, mahalliy kengashlar 15 dan ortiq masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lsa-da, ularni tayyorlash, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha yagona tartib haligacha ishlab chiqilmagan.

 

Bundan tashqari, mahalliy kengashlarning eng yaxshi tajribalarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish, namunali kengashlarni eʼtirof etish ham yo‘lga qo‘yilsa, ishning samarasi yana-da oshishi taʼkidlandi.

 

Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat 10 dan ziyod yuqori martabali mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi. Lekin, hisobotlar ko‘p hollarda chuqur tahlillar o‘tkazmasdan ko‘rib chiqilayotgani qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Senat tarkibi ixchamlashdi: aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi | Zamon.uz