Siyosat

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

 

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga vizalar berishni ma’lum muddatga to‘xtatishni taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala yuzasidan Latviya tomoni bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

Xabarlar e’lon qilinganidan so‘ng O‘zbekiston TIV tomonidan tegishli diplomatik choralar ko‘rilgan.

 

Jumladan, O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi tomonidan Latviya Bosh vaziri ofisi rahbariyati, Tashqi ishlar va Iqtisodiyot vazirliklari, Prezident Administratsiyasi vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilgan. Shuningdek, TIV Konsullik-huquqiy departamenti Latviya elchixonasi bilan ham muloqot olib borgan.

 

Muzokaralar davomida Latviya tomoniga taklif etilayotgan choralar ikki tomonlama munosabatlarga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sir yuzasidan O‘zbekistonning pozitsiyasi yetkazilgan.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida Latviya tomoni amaldagi tartibga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj yo‘qligini bildirgan.

 

O‘zbekiston TIVi Latviya bilan shakllangan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yuksak qadrlashini ta’kidladi. Latviya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi muhim hamkorlaridan biri bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, migratsiya va boshqa sohalardagi aloqalar izchil rivojlanmoqda.

 

Shu bilan birga, TIV xorijda bo‘lib turgan yoki xorijga chiqishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat qonunchiligiga qat’iy rioya qilishga, milliy urf-odat va an’analarni hurmat qilishga hamda o‘z xatti-harakatlariga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

 

Vazirlik ayrim shaxslarning qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yishi nafaqat ularning o‘ziga, balki xorijda qonuniy asosda o‘qib, ishlayotgan, sayohat yoki istiqomat qilayotgan boshqa O‘zbekiston fuqarolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini qayd etdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.