O'zbekiston

Suyak to‘qimalariga qanday qilib infeksiya tushadi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Suyak to‘qimalariga qanday qilib infeksiya tushadi?

Suyakning yiringli shamollashi haqida eshitganmisiz? Bu patologiya tibbiyotda osteomiyelit deb ataladi. Xastalik infeksiyalarning suyak to‘qimalarini zararlashi bilan kechadi...

 

Osteomiyelitda suyak to‘qimasining barcha elementlari (suyak to‘qimasi —ostit, ko‘migi — miyelit, pardasi — periostit va atrof to‘qimalar) yallig‘lanishi kuzatiladi, — deydi mutaxassis. — Xastalik ko‘pincha odam skeleti g‘ovak suyaklarining bo‘g‘imga yaqin joyida uchraydi. Bunga yiring hosil qiluvchi mikroblar, masalan, stafilokokk, streptokokk sabab bo‘ladi.

 

Infeksiyalar suyak to‘qimasiga qanday tushadi? Ular organizmning turli nuqtalaridagi yiring o‘chog‘i, masalan, chipqondan, yallig‘langan murtak bezlaridan, yangi tug‘ilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi bilan kelishi mumkin. Baʼzida yallig‘lanish sil, zaxm kasalliklari oqibatida ham paydo bo‘ladi.

 

Shu bilan birga, sovuqda uzoq qolib ketish, operatsiya chog‘ida suyak to‘qimalariga infeksiya tushishi, jarohatlar o‘z vaqtida davolamanmasligi, suyaklar ochiq singanida, ochiq yaralar ifloslanishi bu dardga yo‘liqish ehtimolini oshiradi.

 

Xastalikning o‘tkir gematogen osteomiyelit turi odatda 8-17 yoshda ro‘y beradi. U ko‘pincha badan sovqotganda yoki lat yeganda to‘satdan boshlanishi mumkin.

 

Bemor junjikib, harorati 39-40 darajagacha ko‘tariladi, pulsi tezlashadi, ko‘z oldi qorong‘ilashib, uxlay olmaydi, alahlaydi. So‘ngra yallig‘langan suyak og‘riydi, ustidagi teri shishib, qizaradi. Yiring yorib chiqqanda esa harorat pasayib, bemorning ahvoli yaxshilanadi.

 

Osteomiyelit oqibatida suyaklar deformatsiyasi, soxta bo‘g‘imlar hosil bo‘lishi ham amaliyotda kuzatiladi.

 

Shu bilan birga, osteomiyelit tez-tez qaytalanuvchi xastalikdir. Bu jarayonda asoratlar odam tanasining butun aʼzolariga o‘z taʼsirini o‘tkazmay qolmaydi. Oqibatda bo‘g‘imlar, asab tizimi, qon tomirlari, yurak, buyrak, jigar va boshqa yumshoq to‘qimalarda o‘zgarishlar yuzaga keladi.

 

Osteomiyelitga uchragan naysimon suyaklarda patalogik sinish, suyak to‘qimasining chirishi, o‘sishdan to‘xtashi kabi holatlar shakllanishi xavfi ham mavjud.

 

Agar bemor kasallik boshlanganini darhol sezib, vaqtida davolansa, asoratlarsiz sog‘ayib ketadi. Ammo suyak yemirilib, yiring qonga tarqalgan bo‘lsa, sezilarli asoratlar qoladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"