Toshkentda Cobalt temir ustunga urilib avariyaga uchradi
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Hodisa bugun, 6 dekabr kuni soat 21:30 larda Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yuz bergan. 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







