Sport

"PSJ"da qanday o'zgarishlar bo'ldi?

Klub transfer strategiyasini butunlay o'zgartirdi.

"PSJ"da qanday o'zgarishlar bo'ldi?

 

"PSJ" transfer strategiyasini o'zgartirdi. Bir necha yil oldin klub har transfer oynasida kamida bir nechta super yulduzlarni sotib olishga harakat qilardi. Ammo 2024-yil yozida Parijda bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Luis Enrike qo'l ostida "PSJ"ning muvaffaqiyatsizliklariga yechim izlanayotgandek ko'rindi. Xo'sh, ayni vaqtda Fransiyaning asosiy klubi qanday ishlayapti?

 

Nosir Al-Xelayfi — "PSJ" prezidenti:

“Bir narsani aytmoqchiman: biz har bir o‘yinga g‘alaba qozonish uchun chiqamiz. Bizda tajribali futbolchilar bilan bir qatorda yoshlar ham bor. Maqsad bu mavsumda Chempionlar ligasida g'alaba qozonish emas, o'z uslubimizni saqlab qolish. Nazarimda, hozir bizda dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor. U kelajak uchun loyiha qurmoqda. Natijalar muhim, ammo biz loyihamizga e'tiborimizni qaratganmiz".

 

2024-yilgacha "PSJ" doimiy ravishda eng yaxshi transferlarni amalga oshirdi. Bu Neymar 222 million yevro, Kilian Mbappe 180 million yevro, Lionel Messi, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma erkin agent sifatida, Ashraf Hakimi 68 million yevro. Biroq, 2023-yilning yozida "PSJ" orzu qilingan Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmadi. Superyulduzlar esa jamoaga g'alaba olib kelmadi. Shu sababli "PSJ" endi yulduz futbolchilarga sarmoya kiritishni to'xtatdi. Klub ikkinchi tarkibi bilan ham Liga 1 va Fransiya kubogini yutishi mumkin.

 

2024 yilning may oyida "PSJ" transfer siyosatiga yangicha yondashuvni qo'lladi. Bu katta darajaga ega bo'lmagan futbolchilardan iborat yosh jamoani qurish edi. Murabbiy Luis Enrike Yevropadagi eng tajribali murabbiylardan biri, shuning uchun u bunday loyihalarni juda yaxshi tushunadi. "PSJ" strategiyasining dastlabki belgilari 2023-yilning yozida paydo bo'ldi. Biroq, jamoa Messi va Neymarning o'rnini to'ldirish uchun katta mablag' sarfladi. 2024-yil iyun-avgust oylarida esa yangilangan loyiha nihoyat ishga tushirildi.

 

“Futbolchilar haqida ko'p mish-mishlar yuradi, lekin bizda hammasi aniq. Biz ajoyib murabbiyimiz bilan birgalikda kelajak uchun jamoa qurmoqdamiz. Uzoq muddatli rejamiz bor. Futbolchilarimiz hamjihat, bizda ajoyib atmosferaga ega tarkib bor. Ommaviy axborot vositalarida turli mish-mishlar yuzaga kelmoqda. Lekin men loyihamiz, tizimimiz, murabbiyimiz va rejamizga ishonaman”, - degan Nosir Al-Xelayfi .

 

"PSJ"ning sport bo'yicha maslahatchisi Luis Kampos iyun oyida qayta qurish jarayonini boshlagan edi. Agar transfer bozorida maqbul summaga top o'yinchi bo'lsa, "PSJ" raqobatga kirishadi. Biroq, fransuz grandi endi futbolchilarni ta'qib qilmaydi. Yozda jurnalistlaridan biri Daniel Riolo shunday degan edi: “PSJ” Niko Uilyamsni qo‘lga kiritish uchun har qanday miqdorda mablag‘ sarflaydi. Pul haqida gap ketganda, ular har doim barcha ishlarni amalga oshiradilar". Biroq, parijliklar Yevropa chempioni uchun katta mablag‘ sarflashni lozim topishmadi. Klub "Renn"ning 19 yoshli iqtidorli vingeri Desire Duhetni 50 million yevroga sotib oldi. "PSJ" yulduzlarga millionlab pul sarflashdan ko'ra, yosh futbolchilarni (Barkol, Duay, Mendes, Neves, Li Kang In) yoki o'z akademiyasi bitiruvchisini (Zair-Emeri) olishni afzal ko'rdi. "PSJ" Donnarumma uchun raqobat yaratish uchun Matvey Safonovni sotib oldi. Qolaversa, rossiyalik futbolchi Yevropadagi eng istiqbolli darvozabonlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Parijga yuqorida tilga olingan Duay, "Benfika"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Joau Nevesh (60 million yevro) va "Ayntraxt"ning 22 yoshli himoyachisi Uilyam Pacho (40 million yevro) kelishdi.

 

"PSJ" ayni vaqtda Fransiya chempionatida katta ustunlik bilan peshqadamlik qilmoqda, ammo Chempionlar ligasida muammolarga duch kelmoqda. Besh turdan so'ng uchta mag'lubiyat va umumiy hisobda 25-o'rin - bu parijliklar umid qilayotgan narsa emas. Biroq, klub rahbarlari yangi strategiyaga ishonishadi. "PSJ" jamoasi Chempionlar ligasida o'rtacha yosh bo'yicha oxirgidan uchinchi o'rinni egallab turibdi (23,8 yosh). "Manchester Siti" uchun bu ko'rsatkich 27,5 yil, "Real Madrid" uchun - 27. Demak, parijliklar faqat sabr va mehnat qilishlari lozim bo'ladi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"