O'zbekiston

Litsenziyasiz “Umra” safarini uyushtirayotganlar qo‘lga olindi

Bu bo‘yicha Farg‘ona viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Litsenziyasiz “Umra” safarini uyushtirayotganlar qo‘lga olindi

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya olish talablarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

 

Qaror talablariga muvofiq, shu vaqtgacha mamlakatimizda jami 12 ta turistik firma “Umra” tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘ldi.

 

Lekin, huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur o‘rnatilgan talablarni chetlab o‘tib, fuqarolarni “Umra” safariga yuborishga urinish holatlari aniqlandi.

 

Jumladan, Marg‘ilon shahrida yashovchi M.A. vakolati bo‘lmasada Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 5 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Boshqa holatda esa Uchko‘prik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasada, 2 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda, mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. 2 nafar fuqaroni aldab, ularni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va IREX: media sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasi IREX bilan jurnalistlar malakasini oshirish va media sohasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ballonlarini noqonuniy to‘plash davom etmoqda: 20-oktyabrdan beri 9,4 mingdan ortiq ballon aniqlandi

Gaz ta’minoti tizimi xodimlari bilan bog‘liq holatlarda ham qonunbuzilishlar aniqlanib, jumladan, bir xodimda 104 ta gaz balloni borligi qayd etilgan.

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Shaxsiy suratlar evaziga 595 ming so‘m: Buxoroda tovlamachilik holati fosh etildi

Ijtimoiy tarmoqda tanishgan voyaga yetmagan qizni shantaj qilib, undan pul talab qilgan erkak aniqlandi.

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

Qozog‘istonga safarlar osonlashadimi? Ikki davlat chegaradan o‘tish tartibini muhokama qildi

QazETA tizimida o‘zbekistonliklarga imtiyoz berilishi mumkin.

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Yomg‘ir ortidan iliq kunlar: O‘zbekistonda ob-havo qanday bo‘ladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi.

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

Markaziy Osiyoda birinchi: Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli musulmonlari reytingidan o'rin oldi

O'zbekiston rahbari reytingda 40-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

Har ming kishidan 120 nafari: O‘zbekistonda oliy ma’lumotlilar ulushi ma’lum bo‘ldi

15 yoshdan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

7 ming dollarga 10 250 soxta dollar: Toshkentda qalbaki pul savdosi fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.