O'zbekiston

“Qahva tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi”

Toshkent aeroportida tarkibida “sibutramin” moddasi bo‘lgan qahva to‘xtatib qolindi.

“Qahva tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar aniqlandi”

Toshkent aeroportida “Istanbul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan va bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan yo‘lovchilardan biri yo‘l sumkasida 2 turdagi 49 dona “Zerofit” yozuvli paketchali kofelarni olib kirishga uringani aniqlandi.

 

“Toshkent–AERO” IBKning Kontrabandaga qarshi kurashish shoʻbasi xodimlari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 5760 dona “Keta” nomli ozdiruvchi qahva mahsulotlari borligi aniqlandi.

 

Har ikkala holatda olib qo‘yilgan qahva mahsulotlari Markaziy bojxona laboratoriyasida bojxona ekspertizasidan o‘tkazilganida, ularning tarkibida “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi borligi aniqlandi.

 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolaning og‘ziga mato tiqib, zo'ravonlik qildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabat holatini nazoratga olib, ishchi guruh tuzilganini bildirdi.

custom img

Sirdaryolik ota chetga chiqish uchun 140 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa erkak 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lab, chetga chiqish huquqini tiklagan.

custom img

Samarqandda ota sudga chaqirilgach, 25 mln aliment to‘ladi

Bungacha qarzdor aliment mablag‘larini belgilangan miqdorda emas, kam-ko‘st to‘lab kelgan.

custom img

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha murojaat bilan chiqdi

Vazirlik tibbiyot tizimida korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish maqsadida "Raqamli komplayens", "Sirli mijoz" va sun’iy intellekt asosidagi nazorat tizimlarini ishga tushirmoqda.

custom img

Navoiyda haydovchi transport nazorati inspektoriga pora taklif qildi

Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmasligi evaziga pora bermoqchi bo‘lgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

YHXX boshlig‘i Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qarori bilan Sherzod Ibragimov yangi lavozimga tayinlandi.

custom img

Qashqadaryoda 4 kishi voyaga yetmagan qizni zo‘rlashda gumonlanmoqda

Jabrlanuvchiga psixologik yordam ko‘rsatilmoqda, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Prezident bilan uchrashgan yosh ixtirochi qiz Volkswagen elektromobili bilan taqdirlandi

Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali g‘olibi Ayzada Asanova Prezident sovg‘asini qabul qilib oldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"