O'zbekiston

21-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Baʼzi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin.

21-dekabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

21-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-7 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.    

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"