Jahon

Shimoliy Koreya ballistik raketalar uchirdi

Raketalar taxminan 250 kilometr masofada uchib o‘tgan.

Shimoliy Koreya ballistik raketalar uchirdi

Shimoliy Koreya 14 yanvar, seshanba kuni Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqida Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabiga tayanib xabar berdi.

 

Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, uchirish mahalliy vaqt bilan taxminan 9:30 da Chagan provinsiyasining Kange hududidan qayd etilgan. Raketalar dengizga tushishdan oldin taxminan 250 kilometr uchib o‘tgan. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan uchirilgan raketalar soniga aniqlik kiritmadi.

 

Seul uchirishni Pxenyanning navbatdagi provokatsiyasi sifatida baholamoqda. "Qisqa masofaga uchuvchi ballistik raketalarning masofasini inobatga olgan holda, odatda, ularning nishoni Janubiy Koreya ekanligiga ishoniladi", — deb yozadi Yonhap.

 

Birlashgan shtab boshliqlari uchirishni Koreya yarim orolida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi "oshkora provokatsiya" deb atadi va Pxenyan "noto‘g‘ri qaror" qabul qilgan taqdirda to‘liq tayyor turishga vaʼda berdi. Janubiy Koreya harbiylari yangi uchirmalarga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida "kuzatuv va hushyorlikni kuchaytirib, Shimoliy Koreya raketalari bo‘yicha Amerika va Yaponiya tomonlari bilan yaqindan maʼlumot almashganini" qo‘shimcha qildi.

 

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Japarovga yangi raqib: prezidentlik poygasiga yagona ayol nomzod qo‘shildi

Qirg‘izistonda prezidentlik lavozimiga da’vogarlar soni 11 nafarga yetdi.

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulab tushdi: to‘rt harbiy halok bo‘ldi

Hozirda harbiy vertolyotning qulash sabablari o‘rganilmoqda.

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

BAAda yirik YTH: 14 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohatlandi

To‘qnashuvdan so‘ng boshlangan yong‘in boshqa transport vositalariga ham tarqalgan.

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azodagi shifoxonaga zarba berdi: jarroh va yana besh kishi halok bo‘ldi

BMT esa kuchli yomg‘irlar tufayli boshpanasiz qolgan aholi uchun G‘azoga zudlik bilan chodirlar yetkazishga chaqirdi.