Jahon

12 yoshli qiz aviakompaniyani sudga berib, yutib chiqdi

Kompaniya unga tovon puli to‘laydigan bo‘ldi.

12 yoshli qiz aviakompaniyani sudga berib, yutib chiqdi

Qozog‘istonda 12 yoshli qiz “AIR Astana” aviakompaniyasini sudga berib, yutib chiqdi. Sud aviakompaniya tomonidan o‘smirga tovon puli undirish bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, aviakompaniya uralsklik 12 yoshli yo‘lovchi Zere Galiyevaga qarshi apellyatsiya sudida yutqazib qo‘ydi. Qizga bortga chiqish taloni berilmagan va u Ostona aeroportida yolg‘iz qoldirilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, holat 2024 yilning 20 iyulida sodir bo‘lgan. O‘n ikki yoshli egizak qizlar Zere va Zaure Galiyevalar AQSHdan Ostona orqali Uralskka qaytayotganda ulardan biri bortga chiqarilmgan.

 

“FlyArystan” 188 o‘rinli samolyotni 180 o‘rinli samolyotga almashtirgan.

 

Joy yetishmasligi sababli Zere samolyotga chiqa olmagan yagona yo‘lovchi bo‘lgan. Shundan so‘ng bola Ostona aeroportida qoldirib ketilgan va ertasi kuni yolg‘iz o‘zi Uralskka uchib keta olgan.

 

Bu bo‘yicha shikoyat Olmaota shahri Tuksib tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Unda “Air Astana” kompaniyasi vakillari yo‘lovchining onasi tomonidan bildirilgan eʼtirozlarini tan oldi, biroq talab qilingan tovon pulini 5 million tengedan 1,5 million tengegacha kamaytirishni so‘rashdi. Lekin bu sud tomonidan qanoatlantirilmadi.

 

Zahro Fayziyeva tayyorladi

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"