Siyosat

2024 yilda IESlarda qancha elektr ishlab chiqarildi?

Bu bo‘yicha yillik statistika eʼlon qilindi.

2024 yilda IESlarda qancha elektr ishlab chiqarildi?

2024-yil yakuniga ko‘ra “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi.

 

Jumladan, o‘tgan yili tizim korxonalari tomonidan reja bo‘yicha 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga, amalda 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 110 foizga bajarilishiga erishildi. 

 

Shuningdek, 2024 yilda korxonalar tomonidan 11,1 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatildi.

 

2024 yil yakuniga ko‘ra yoqilg‘ini iqtisod qilish bo‘yicha rejadagi
700,5 million kubmetr tabiiy gaz o‘rnida, amalda  1 mlrd.  kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi yoki reja ko‘rsatkichi 147,9 foizga bajarildi.

 

Elektr energiyasi iqtisodi bo‘yicha rejadagi 117,8 million kVt.soat o‘rniga, amalda  163,5 million kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi yoki reja ko‘rsatkichi 138,8 foizga bajarildi.

 

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 26 ta loyiha asosida qiymati 58,9 milliard so‘m bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 61,3 milliard so‘mga yoki 104,0 foizga bajarilishi taʼminlandi.

 

Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha 200,0 milliard so‘m bo‘lgan ko‘rsatiladigan xizmatlar va mahsulotlar xaridini amalga oshirish rejalashtirilgan edi, yil yakuni bilan ushbu ko‘rsatkich 209,4 milliard so‘mga yoki 104,7 foizga bajarildi.

 

Mahalliylashtirish dasturi hamda kooperatsiya aloqalari hisobiga importni qisqartirish ko‘rsatkichi 20,1 million AQSH dollari qiymatida prognoz qilingan bo‘lib, amalda 21,0 million AQSH dollari iqtisod qilindi yoki reja 104,2 foizga bajarilishi taʼminlandi.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2024 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiya loyihalari doirasida reja bo‘yicha 616,94 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi lozim edi. Amalda 646,14 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi taʼminlandi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 104,7 foizga bajarilishiga erishildi.

 

2024 yil may oyida “Toshkent IEMda quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan 2 ta gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

 

Shu bilan birga, 2024 yil 13 dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti so‘nggi nuqtalarida joylashgan 6 mahallalarida kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Olmazor tumanida kogeneratsiya loyihasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

 

Ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVT va Navoiy IES da umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘ gaz qurilmalari bunyod etish ishlari davom ettirilmoqda.

 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan muhim vazifalardan biri - bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi, shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024 yilda mahsulot tannarxi 1,6 trillion so‘mga pasaytirish rejalashtirilgan edi, amalda esa 1,95 trillion so‘mga pasaytirildi, bunda reja 118 foizga bajarildi.

 

custom img

Dirijabl, favvora va osmono‘par binolardagi bayroq: Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi tafsilotlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreyadagi tashrifi davomida mintaqa davlatlari rahbarlari va koreyalik hamkorlar bilan uchrashdi. Sammit arafasida “Mirziyoyev doktrinasi” kitobining koreys tilidagi nashriga dastxat yozib berdi.

custom img

Janubiy Koreya Markaziy Osiyo prezidentlariga turli sovg‘alar taqdim etdi: ular orasida nimalar bor?

Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon Seulda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularga mamlakatlarning qiziqishlari va madaniy xususiyatlarini inobatga olgan holda turli sovg‘alar taqdim etdi. Tojikiston prezidentiga berilgan sovg‘aning mazmuni esa oshkor qilinmadi.

custom img

Tushliksiz 10 ta tadbir, tanaffussiz qariyb 10 soat: Prezidentning Koreyadagi bir kuni

Prezident 15-sentyabr kuni Koreyada parlament va hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, biznes forumida qatnashdi va vatandoshlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvlar ertalabdan kechgacha tanaffuslarsiz davom etdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

custom img

“Shinhan Bank” O‘zbekistonda sho‘ba bank tashkil etishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev “Shinhan Financial Group” raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Hyundai”, “Kia” va “Hyundai Rotem” rahbarlari bilan uchrashdi

“Kia” O‘zbekistonda yangi rusumdagi, elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Hyundai Rotem” O‘zbekistonga qo‘shimcha yuqori tezlikdagi poyezdlar yetkazib berish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Koreya Eksimbanki raisi bilan uchrashdi

Tomonlar 8 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini amalga oshirish, yuqori tezlikdagi poyezdlar, muhim minerallar, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha loyihalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “Lotte Group” raisi bilan uchrashdi

Tomonlar O‘zbekistonda developerlik, turizm, mehmonxona biznesi va mis folgasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"