O'zbekiston

Surxondaryolik erkak farzandlariga 180 mln aliment to‘ladi

Shundan so‘ng ijro hujjati tamomlangan.

Surxondaryolik erkak farzandlariga 180 mln aliment to‘ladi

MIB Sariosiyo tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra tumanda yashovchi S. Bohodirovdan o‘n ikki va o‘n besh yoshdagi ikki qiz farzandi uchun tegishli sud qarori asosida 2022 yildan aliment undirish belgilangan.

 

Mazkur ijro hujjati ish yurituvga qabul qilingach, aliment to‘lovchi otaning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi haqida ogohlantirilgan. U davlat ijrochilariga murojaat etib, aliment to‘lovlarini turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishga ahd qilganini maʼlum qildi. Shunga muvofiq davlat ijrochisi M.Tog‘ayev oila vakillarining murojaatiga asosan voyaga yetmagan farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment miqdorini oldindan hisoblab bergach, S. Bahodirov 180 million so‘m alimentni naqd pul shaklida to‘liq to‘lab berdi.

 

Shu kuni hujjatlar notarial tartibda rasmiylashtirilgach, qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan barcha cheklov choralari bekor qilinib, ijro hujjati undiruvchining arizasiga asosan ish yurituvdan tugatildi.

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Hovli tagida va yo‘l chetidagi “boylik”: 5,5 kg opiy topildi

Samarqand va Xorazmda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

“Madad” maxsus qutqaruv markazi tashkil etiladi: tizim yangilanadi

Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini kuchaytirish, jumladan, 56 ta suv omborida xavfsizlik xizmatini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi: o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan vazirlikda uchta yangi tayinlov amalga oshirildi.

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

Baliqchilik va limonchilik: minglab oilalar daromadi oshiriladi

O‘zbekistonda 4 mingdan ortiq quduq negizida baliqchilikni rivojlantirish, 200 gektar maydonda energotejamkor issiqxonalar qurish rejalashtirilmoqda.

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

28 million so‘mlik giyohvand modda: ikki fuqaro ushlandi

Gumonlanuvchilardan birining xonadonidan ham giyohvand moddalar topilgan.

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

Marko Rubio: Saida nihoyatda iste’dodli, aqlli va mehnatkash inson

AQSh Davlat kotibi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning faoliyatini e’tirof etdi.

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi importi qisqardi: O‘zbekistonda ishlab chiqarish 8,4 foizga oshdi

Elektr energiyasi eksporti 21,4 foizga oshgan, importi esa 27,2 foizga kamaygan.

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus salonidagi musiqa yuzasidan shikoyat: haydovchiga ogohlantirish berildi

Avtobus haydovchisining musiqani baland ovozda qo‘yib harakatlangani yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.