O'zbekiston

“Yashil loyihalar” atrof-muhit uchun qanday ahamiyatga ega?

Prezident Farmoni loyihasida bu borada takliflar kiritilgan.

“Yashil loyihalar” atrof-muhit uchun qanday ahamiyatga ega?

2025-yilda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida “yashil loyihalar"ni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasida bu borada takliflar o'rin olgan.

 

Unga ko‘ra, suv va xomashyolardan samarali foydalanish, havo va tuproq sifatini yaxshilash, barqaror qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, ekoturizm, yashil transport, yashil binolar, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Amaliyotga tatbiq etilishi

 

Taklifda 2025-yildan boshlab shakllantiriladigan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarning 10 foizi, 2027-yildan boshlab – 25 foizi, 2030-yildan boshlab esa 50 foizi “yashil komponentlar” bo‘lishi kerakligi ta'kidlangan. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan uglerod neytralligiga erishish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, atrof-muhitni asrash, yashillik darajasini oshirish va “yashil loyihalar”ni amalga oshirishga qaratilgan “yashillik dasturlari” Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

 

Qolaversa, har yili davlat organlari va ijtimoiy obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va “yashil texnologiya”larni joriy qilish bo‘yicha ekologik reytingi yuritib boriladi.

 

Dolzarbligi

 

Respublikada iqlim o‘zgarishi oqibatida ob-havoning keskin ko‘tarilishi, muzliklarning degradatsiyasi, chang bo‘ronlari sonining ko‘payib borishi, tuproq sho‘rlanishi, sel oqimlarining paydo bo‘lishi, qurg‘oqchilikka duchor bo‘layotgan yer maydonlarining oshishi va boshqa omillar salbiy tabiiy hodisalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Sanoat ishlab chiqarishi, energetika, qurilish, transport, qazilma boyliklarni qazib olib qayta ishlash va iqtisodiyotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari, tarmoq, sohalar va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar, issiqxona gazlarining tashlanishi oqibatida iqlim o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazib kelmoqda.

 

Respublikada havo haroratining o‘rtacha o‘sish sur’ati har 10 yilda 0,29 darajani tashkil etgan, bu ko‘rsatkich global isish tezligidan 2 barobarga yuqori. Global iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

 

O‘zbekistonda 2015-yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050-yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yillik o‘rtacha haroratning 2 darajaga oshishi 50 foiz, 4 darajaga oshganda esa 78 foiz muzliklarning yo‘qolishiga olib keladi.

custom img

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Tanlov orqali chiqindilarni saralashni yo‘lga qo‘yish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko'zda tutilgan.

custom img

O‘zbekistonda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi

Yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindi qayta ishlanib, 1,6 milliard kVT elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

custom img

Toshkentda yo‘lkira oshadi: yangi tariflar taklif qilindi

Naqd to‘lovda yo‘lkira 3 ming so‘m, elektron to‘lovda esa 2,5 ming so‘m etib belgilanishi mumkin.

custom img

O‘zbekistondan olib chiqib ketilgan madaniy boyliklarni qaytarish bo‘yicha komissiya tuziladi

Ichan-qal’a muzey-qo‘riqxonasi hududida “Olloqulixon karvonsaroyi” savdo markazini tashkil etish loyihasi alohida ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha baland shovqin chiqarish taqiqlanadi

Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlari cheklov 22:00 dan 09:00 gacha amal qiladi.

custom img

Chirchiqda yuk mashinasining tirkamasi xonadonga urildi

Xonadonga yetkazilgan zarar qoplanishi bildirildi.

custom img

Brakonerlar qarshiligi: inspektor halok bo‘ldi

Marhum "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

custom img

O‘zbekistonda valyuta kursini shakllantirish tartibi o‘zgartiriladi

15-sentabrdan rasmiy almashuv kursini hisoblashda valyuta birjasidan tashqari banklararo bozorda tuzilgan bitimlar ham inobatga olinadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"