Sport

"PSJ"ning tarixiy qaytishi

“Siti” Chempionlar ligasida yana mag'lub bo'ldi.

"PSJ"ning tarixiy qaytishi

 

Yevropa chempionlar ligasida Fransiya chempioni Angliya chempionini mag'lub etib, 24-o'ringa ko'tarildi. Gvardiola jamoasining imkoniyatlari esa sezilarli darajada pasaydi. Fransiya chempioni jamoaga yangi kelgan Kvartsxeliyani Chempionlar ligasiga faqat pley-off bosqichida foydalanishi mumkin. Agar, albatta, u yerga jamoa yetib borsa. Kecha oqshom "PSJ" ham xuddi "Manchester Siti" kabi turnirdagi holatdan kelib chiqib, g'alaba qozonish uchun o'ynashi kerak edi.

 

Luis Enrike va Pep Gvardiola jamoalari Chempionlar ligasida to'pga egalik qilish bo'yicha kuchli 3-o'rindan joy olgan, shu bois to'pga kim ko'proq egalik qilishi qiziq edi. Birinchi bo'limda "PSJ" o'yinni ko'proq nazorat qildi. Shundan so'ng raqiblar darhol qarshi pressingni boshlashdi. Dastlabki 10 daqiqada gol urish uchun yagona imkoniyat mezbonlar tomonidan amalga oshirildi. “Man Siti”ning bir qator hujumlarini Donnarumma qayarishga muvaffaq bo'ldi. Biroq, "PSJ" ham golga juda yaqin keldi. Barkola va Hakimi Luis Enrike jamoasining hujum chizig'ini boshqarishdi. Marokashlik futbolchi nihoyat 45-daqiqada fransiyalik futbolchining uzatmasidan keyin gol urdi. Ammo gol ofsayd sabab bekor qilindi.

 

Gvardiola tanaffusda ikki marta o'zgarish qildi, Savio va Dias o'rniga Grealish va Lyuisni maydonga tushirdi. Grealish ikkinchi bo'lim boshida gol urdi. U bu ishni mazkur mavsumda ikkinchi marta amalga oshirdi. "Man Siti"ning ikkinchi goli ham uzoq kuttirmadi, birinchi goldan uch daqiqa o'tib, Holand yana jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Grealish bu safar golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Biroq, hammasi endi boshlangan edi. Parijliklar taslim bo'lishmadi va bir qancha hujumlar uyushtirishni boshlashdi. "PSJ" katta kuch bilan pressingni amalga oshirdi va bor-yo'g'i to'rt daqiqa ichida hisobni tenglashtirdi. Barkola Kvaratsxeliyaga hujumning chap qanotidagi o'rin uchun kurashda g'alaba qozonish oson bo'lmasligini ko'rsatdi. Avvaliga Bredli qanotda Nunesni tezkorlik bilan ortda qoldirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatma berdi. Bu vaziyatda to'pni qabul qilib ologan Dembele raqib darvozasiga to'p kiritdi. Luis Enrikening almashtirishlari ish berdi. Keyin esa Barkolaning o'zi gol muallifiga aylandi. “PSJ”ning o'yin oxiridagi pozitsion hujumi gol bilan yakunlandi. "Man Siti" esa muvozanatni yo'qotdi. Jamoa bundan keyin o'ziga kelolmadi. Gvardiola jamoasi parijliklarning spektaklidan keyin nimadir qilishi mushkullashdi. Parij jamoasi imkoniyatlardan to'g'ri foydalanib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

 

Pep har qanday qarorga kelmasin bu harakatlari "Man Siti"ni uyg'otmadi. “PSJ” mukammal himoyalandi, qarshi hujumlarda yana bir necha bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishi mumkin edi. Statistika to'liq o'yin davomida Luis Enrike jamoasining ustunligini aks ettirdi. Bu esa Gvardiola jamoasida keskin o'zgarishlarni amalga oshirishi kerakligini ko'rsatadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.