Jahon

Tramp migrantlarni Guantanamoga yubormoqchi

U yerda maxsus markaz tashkil etiladi.

Tramp migrantlarni Guantanamoga yubormoqchi

AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Guantanamodagi bazasida maxsus markaz tashkil etiladi, u yerda 30 000 migrant saqlanishi mumkin bo‘ladi.

 

"Amerikaliklar uchun tahdid solayotgan eng xavfli noqonuniy jinoyatchilar aynan shu markazda ushlab turiladi. Baʼzi migrantlar shu qadar xavfli ekanki, ularni o‘z vatani ham qabul qilishni istamaydi", — deya fikr bildirdi AQSH prezidenti.

 

Trampning chegara xavfsizligi bo‘yicha vakili Tom Homan esa bu markaz "eng yomon jinoyatchilar" uchun foydalanilishini va AQSHning hozirgi hukumati uni kengaytirishini taʼkidlagan.

 

Guantanamoda hozirda ham migrantlar uchun qamoqxona mavjud bo‘lib, u terrorchilikda gumon qilingan xorijlik shaxslar saqlanadigan qattiq tartibli koloniyadan alohida joylashgan. Bu maxsus markaz 2002 yilda AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush tomonidan 2001 yil 11 sentyabr teraktlarida ishtirok etganlikda gumon qilingan jangarilarni saqlash uchun tashkil etilgan. Hozirda u yerda 15 nafar mahbus qolgan.

 

AQSHning sobiq prezidentlari Barak Obama va Jo Bayden ushbu qamoqxonani yopish niyatida ekanliklarini bir necha bor bildirgan, ammo faqat mahbuslar sonini qisqartirishga erishgan. Guantanamo qamoqxonasi mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilishi va inson huquqlari buzilishi haqidagi ko‘plab ayblovlar bilan tanilgan.

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi hozircha aniqlanmagan.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.