Sport

Ronaldu jahon futbolida noyob rekord o‘rnatdi

Ushbu natija “Al-Raed”ga qarshi bahsda qayd etilgan.

Ronaldu jahon futbolida noyob rekord o‘rnatdi

Hujumchi Kristiano Ronaldu klub darajasidagi 700 ta o‘yinda g‘alabaga erishgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Unga ushbu natijani Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi safida “Al-Raedga qarshi bahsda (2:1) qayd etilgan g‘alaba taʼminladi.

 

Ronaldo faoliyati davomida turli klublar safida quyidagi g‘alabalarga erishdi:

 

  • “Sporting” – 13 ta,
  • Manchester Yunayted” – 214 ta,
  • “Real Madrid” – 316 ta,
  • Yuventus” – 91 ta,
  • “Al-Nasr” – 66 ta.

 

Portugaliyalik futbolchi 2023 yil yanvar oyida “Al-Nasr” bilan shartnoma imzolagan va oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, turmush qurmagan erkak va ayolning birga yashashi taqiqlangan bo‘lsada, Ronalduga ushbu qoida bo‘yicha istisno berilgan.

 

Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum oxiriga qadar davom etadi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, Ronaldu klub bilan shartnomani uzaytirishga kelishib olgan va yangi kelishuvga ko‘ra, “Al-Nasr” aksiyalarining 5 foiz ulushiga egalik qiladi.

 

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

custom img

Isroil boykot qilindi: Pokiston Isroilga qarshi doskaga chiqmadi

Samarqandda o‘tayotgan 46-FIDE Jahon shaxmat Olimpiadasining birinchi turida Pokiston shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarini Isroilga qarshi o‘ynatmadi.

custom img

135 ta tegish va 95 foiz aniqlik: Abduqodir Xusanovning “Norvich”ga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Sofascore o‘zbekistonlik futbolchi o‘yinini 7,6 ballga baholadi.

custom img

6 ta jamoa, 6 ta g‘alaba: O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasini muvaffaqiyatli boshladi

O‘zbekistonning erkaklar jamoalari Yamayka, Afg‘oniston va Mali ustidan, ayollar jamoalari esa Trinidad va Tobago, Togo hamda Tanzaniya ustidan g‘alaba qozondi.

custom img

O‘zbek himoyachisi: Behruz Karimov Shveytsariyadagi ilk golini urdi

“Lugano” qoldirilgan tur uchrashuvida “Sankt-Gallen”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov ham gol urdi.

custom img

Javohir Sindarov dunyoning 2-raqamli shaxmatchisiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster tezkor shaxmat reytingida birdaniga to‘rt pog‘ona yuqorilab, 2742,6 ochko bilan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

custom img

Messi Ispaniyaning “Eldense” klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Argentinalik futbol yulduzi Ispaniya professional futbolidagi investitsiyalarini kengaytirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"