O'zbekiston

Prezident rasmiy tashrif bilan Malayziyaga boradi

Tashrif 4-5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Prezident rasmiy tashrif bilan Malayziyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-5 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif doirasida Kuala-Lumpur shahrida Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan ikki tomonlama muzokaralar, Malayziyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, qo‘shma biznes forumi va boshqa tadbirlarda ko‘zda tutilgan.

 

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Malayziya do‘stlik munosabatlarini yana-da rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo, elektronika, “yashil” energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa ko‘plab ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Yetakchilar xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ham ko‘rib chiqadilar.

 

Sammit yakunida ikki davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot va salmoqli bitimlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

Taʼkidlash joizki, tashrif arafasida Malayziyada bir qator muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Xususan, yetakchi tahlil markazlari va tadqiqot tuzilmalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari, ikki mamlakat yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Ish haqi berilmagan edi: Rossiyada 8 o‘zbekistonlikka 1,5 million rubldan ortiq mablag‘ undirildi

Undiriladigan mablag‘ ish haqi qarzdorligi, kechiktirilgan to‘lovlar uchun kompensatsiya va ma’naviy zarar tovonlarini o‘z ichiga oladi.

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Toshkent IES mazut yoqishni to‘xtatishi mumkin: yangi “Halqa” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi.

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

O‘zbekistonda yangi texnikum tashkil etiladi: qutqaruvchilar tayyorlanadi

Muassasa 2027/2028-o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi. Unda maktab bitiruvchilari davlat granti va kontrakt asosida tahsil olishi mumkin.

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident sog'liqni saqlash xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Davlat rahbari sportchilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi transport vositasi ostida qolib, halok bo‘ldi

Avtobusning qo‘l tormozi faollashtirilmagani oqibatida transport vositasi harakatlana boshlagan va uni to‘xtatishga uringan haydovchi avtobus ostida qolib ketgan.

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbek kinosi uchun yangi iste’dodlar: Istanbulda talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyada tahsil olayotgan yoshlar o‘zbek kinosining bugungi holati, yangi filmlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Namanganda 560 mln so‘mlik dori vositalari yoqib yuborildi

Tadbir davomida jami 138 031 flakon dori vositasi, 225 kilogramm dori vositalari xomashyosi, 39 053 dona qadoqlash idishlari hamda ishlab chiqarish jihozlari ham yo‘q qilindi.