Jahon

Shimoliy Amerikada  yangi virus aniqlandi

U pandemiyani keltirib chaqirishi mumkin.

Shimoliy Amerikada  yangi virus aniqlandi

Xalqaro olimlar guruhi Shimoliy Amerikada ilk bor Kemp-Xill virusi – genipavirus turkumiga mansub virusni aniqladi. Tadqiqotchilar ushbu virus Alabama shtatidagi shimoliy kaltakesakdumli yerqazg‘oq kemiruvchilarida borligini tasdiqlashdi.

 

Genipaviruslar ilgari Avstraliya va Janubi-Sharqiy Osiyoda og‘ir kasalliklar va yuqori o‘lim darajasini keltirib chiqargan viruslar oilasiga mansub. Shu turkumga kiruvchi Hendra virusi Avstraliyaning Brisben shahrida ilk bor qayd etilgan bo‘lib, o‘lim darajasi 70 foizga yetgan. Nipax virusi esa Malayziya va Bangladeshda tarqalgan bo‘lib, u chaqirgan kasalliklarning o‘lim ko‘rsatkichi 40 foizdan 75 foizgacha bo‘lgan.

 

Brisben universiteti olimi doktor Ris Perri Kemp-Xill virusining Shimoliy Amerikada topilgani uning global tarqalish doirasi oldingi taxminlardan ancha keng ekanini ko‘rsatishini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kemp-Xill virusining eng yaqin genetik qarindoshi – Langia virusi Xitoyda yerqazg‘oq kemiruvchilaridan odamlarga o‘tgan. Bu esa Kemp-Xill virusining ham odamlarga yuqish ehtimoli mavjudligini ko‘rsatadi.

 

Tadqiqotning mualliflaridan biri doktor Ariyel Ayzeks ushbu viruslar oilasiga qarshi vaksina ishlab chiqish muhimligini taʼkidlab, olimlarning navbatdagi bosqichi virusning hujayralarga kirish jarayonini o‘rganish va unga qarshi samarali himoya usullarini topishdan iborat ekanligini maʼlum qildi.

 

Mazkur ilmiy ish Sell jurnalida chop etilgan bo‘lib, bu tadqiqot viruslarni aniqlash bo‘yicha eng yirik ilmiy ishlardan biri hisoblanadi. Ilmiy guruh ilgari 161 979 ta yangi RNK virusi aniqlanganini ham eʼlon qildi. Olimlar ushbu kashfiyotlar kelajakda insoniyat uchun nomaʼlum bo‘lgan millionlab viruslarni xaritalash va ularni oldindan aniqlash imkonini berishini taʼkidlamoqda.

 

Komila Odilova tayyorladi

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"