Jahon

Olimlar umr ko‘rish davomiyligi genlarga bog‘liq emasligini aniqladi

Tadqiqotchilar atrof-muhit omillarini yaxshilash orqali umr davomiyligini uzaytirish mumkinligini taʼkidlamoqda.

Olimlar umr ko‘rish davomiyligi genlarga bog‘liq emasligini aniqladi

Oksford Aholi salomatligi markazi olimlari umr davomiyligiga atrof-muhit omillari va genlarning taʼsirini o‘rganib chiqdi. Erta o‘lim xavfi atrof-muhit omillariga ko‘ra 17 foiz , genetik moyillik esa atigi 2 foiz ekani aniqlandi.

 

Mutaxassislar Buyuk Britaniya Biobanki tomonidan taqdim etilgan deyarli yarim million kishining maʼlumotlarini tahlil qilib, 22 ta asosiy kasallik bo‘yicha 164 ta omilni baholashdi.

 

Natijalarga ko‘ra, chekish, ijtimoiy-iqtisodiy holat, jismoniy faollik va yashash sharoitlari umr davomiyligiga eng katta taʼsir ko‘rsatdi. 21 ta kasallik chekish bilan, 19 tasi ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan, 17 tasi esa jismoniy faollik bilan bog‘liq ekani aniqlandi.

 

Homiladorlik davrida onaning chekishi va bolalikdagi tana vazni erta o‘lim xavfiga uzoq muddatli taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

 

Genetik moyillik faqat demans va ko‘krak saratoni kabi baʼzi kasalliklarda sezilarli rol o‘ynaydi.

 

Tadqiqotchilar atrof-muhit omillarini yaxshilash orqali umr davomiyligini uzaytirish mumkinligini taʼkidlamoqda.

 

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Netanyaxu har kuni Trampni Eronga hujum qilishga chaqirmoqda — FT

Arab va musulmon davlatlari yetakchilari bundan xavotirda.

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Turkiyadagi po‘lat zavodida portlash: 16 kishi halok bo'ldi

Hodisa yuzasidan tergov boshlanib, 5 kishi hibsga olingan.

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Pokistonda to‘g‘on to‘sig‘i quladi: qurilish maydonini suv bosdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan.

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi: bir megavatt-soat 600 yevrodan qimmatlashdi

Yevropada shamolsiz va bulutli ob-havo sabab qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish kamaydi.

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

G‘azoda qum uyumi chodirlar ustiga quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘ir oqibatida yuz bergan hodisa Dayr al-Balah shahri janubidagi ko‘chirilgan oilalar lagerida sodir bo‘lgan.