Jahon

Frankfurt Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Shaharlar bayram chiroqlari bilan bezatiladi.

Frankfurt Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

 

Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne shahri Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan bayramona bezaklar bilan bezatildi. Shahar ko‘chalarida "Happy Ramadan" yozuvi, yarim oy va yulduz shaklidagi chiroqlar o‘rnatildi. Ushbu bezaklar ayniqsa shahar markazidagi Große Bockenheimer Strasse ko‘chasida, Freßgass nomi bilan mashhur hududda joylashtirildi.

 

Shahar ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Ramazon chiroqlari 10-mart kuni yoqiladi va 9-aprel kuni, oy tugagach, o‘chiriladi. Mahalliy hokimiyat ushbu tashabbusni hozirgi murakkab davrda tinchlik va hamjihatlik ramzi sifatida qabul qilgan. Frankfurt shahar kengashi ushbu qarorni o‘tgan yili tasdiqlagan edi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Frankfurt shahrida 100-150 mingga yaqin musulmon yashaydi, bu esa shahar aholining taxminan 15 foizini tashkil etadi.

 

Frankfurtdagi Ramazon bezaklari Germaniyada bayram yoritish an’anasi doirasida amalga oshirilmoqda. Mamlakatda Rojdestvo bayrami oldidan shaharlar bezatilishi odatiy hol. Shuningdek, yillik Xanuka nishonlanishi ham keng tarqalgan.

 

Berlin shahrida 2023-yilda 45 ta xanukiya o‘rnatilgan bo‘lib, eng yirigi Brandenburq darvozasi oldida 10 metrlik balandlikda barpo etilgan. Germaniya kansleri Olaf Shols ilk bor bu tadbirda ishtirok etgan. O‘tgan yili xanukiyalarning ko‘paytirilishi Isroil bilan birdamlik belgisi sifatida qaralgan edi.

 

Shunday qilib, Frankfurt-na-Mayne shahrida Ramazon bayramiga bag‘ishlangan yoritish tizimi mamlakatda turli diniy bayramlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglik an’analarining davomidir.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Minglab odamlar uyiga qaytishi mumkin: Rossiya va Ukraina mahbus almashinuvini tayyorlamoqda

Bu urush boshlanganidan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo'lishi mumkinligi ta'kidlandi.

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Tailanddagi qotillik: xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik erkak AQSHda qo‘lga olindi

Hozirda erkak deportatsiya jarayonini kutib, ICE hibsxonasida saqlanmoqda.