O'zbekiston

Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi

Oqibatda salkam 2 mlrd zarar yetkazilgan.

Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi “Besholish” soyidan 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ko‘chirilishi aniqlandi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu yer maydonida ko‘p yillik qimmatbaho daraxtlar mavjudligiga qaramasdan, 2025-yil 22-yanvarda Quvasoy shahar hokimi tomonidan auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan.

 

Shuningdek, ushbu yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan savdo do‘konlari, supermarketlar, restoranlar qurish loyihasini amalga oshirish va auksion savdolariga chiqarish maqsadida yer maydoni 2 ta lotga bo‘lingan holda “ERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. 

 

Kelishish  jarayonida Quvasoy shahar ekologiya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-fevralda “ERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘p yillik daraxtlar mavjud bo‘lganligi sababli ushbu yer maydonida loyihani amalga oshirish mumkin emasligi ko‘rsatilgan va rad javobi berilgan.

 

Shunga qaramasdan, Quvasoy shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. N.М.ning topshirig‘iga asosan 11–14-fevral kunlari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 270 tup (sasna, kashtan, katalpa, Yapon  saforasi, tut, aylant) daraxt 16 ta joyga noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tqazilgan va 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud qilingan.

 

Shuningdek, hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan.

 

Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirish natijasida tabiatga umumiy 1 mlrd 829 mln 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. 

 

To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

 

 

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"