Jahon

“Marsga Amerika bayrog‘ini o‘rnatamiz”

Trampning Kongressdagi eng muhim bayonotlari.

“Marsga Amerika bayrog‘ini o‘rnatamiz”

— “Zelenskiydan muhim maktub oldim. Unda Ukraina tinchlik muzokaralariga imkon qadar tezroq o‘tirishga tayyor ekani yozilgan. Bu yaxshi ish bo‘ldi. Ammo hozircha u bilan yana qachon gaplashishimni bilmayman”.

 

— “Men Ukrainadagi qonli urushni tugatish uchun tinimsiz harakat qilmoqdaman”.

 

— “Grenlandiya bizga kerak va qanday bo‘lmasin, biz uni olamiz. Sizning xavfsizligingizni ta’minlaymiz. Sizni boy qilamiz. Birgalikda Grenlandiyani ilgari xayolga ham keltirilmagan yuksaklikka ko‘taramiz”.

 

— “Bayden tufayli tuxum narxi rekord darajaga chiqdi”.

 

— “2-apreldan boshlab Xitoy, Hindiston va Yevropa Ittifoqi AQShdan boj olishga qanday tayyor tursa, biz ham ularga xuddi shunday boj solamiz”.

 

— “Marsga Amerika bayrog‘ini o‘rnatamiz! Amerikaning oltin davri endi boshlanmoqda! Bu hali olamshumul voqelik bo‘ladi!”

 

— “Amerikani yana boy qilamiz. Kanada, Meksika va Xitoyga qarshi boshlangan tarif urushi natijasida kompaniyalar AQSHda ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi”.

 

— “AQShda politsiyachilarni o‘ldirganlar uchun o‘lim jazosi joriy etiladi”.

 

— “Amerikani yana buyuk qilish uchun Yaratgan tomonidan (suiqasddan so‘ng) qutqarildim. Men bunga aminman!”

 

— “Amerika an’anaviy oilaviy qadriyatlarni tiklaydi. LGBT targ‘ibotini maktablardan, armiyadan va butun jamiyatimizdan chiqarib tashlaymiz”.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.