Jahon

Pokistonda terakt uyushtirildi

Oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi.

Pokistonda terakt uyushtirildi

 

Pokistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Xayber-Paxtunxva provinsiyasida sodir bo‘lgan xudkush hujumi oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi, 18 nafari jarohat oldi.

 

Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko'ra, portlash Bannu hududida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan.

 

Viloyat rasmiylari ushbu xurujni qoralab, politsiya tergov olib borayotganini bildirdi. Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"