O'zbekiston

Angrendagi ko‘mir konida haydovchi vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv boshlangan.

Angrendagi ko‘mir konida haydovchi vafot etdi

Joriy yilning 5 mart kuni soat 10:15 larda “Angren” ko‘mir konida “BelAZ” rusumli avtoag‘dargich tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida orqaga sirpanib, ag‘darilib ketgan va alangalanish ro‘y bergan. 

 

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga tezlik bilan yetib kelgan va yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan avtoag‘dargich haydovchisi A.A.ga korxona tibbiy bo‘lim xodimlari tomonidan birinchi yordam berilgan va shoshilinch ravishda shahar markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Ammo, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, haydovchi kasalxonada vafot etgan.

 

Hozirda ko‘mir konida ro‘y bergan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.