Jahon

Dunyodagi eng keksa ayol hujayralarida yoshartiruvchi genlar topildi

Mariyaning genlari hujayralarini o'zini 17 yil yosh his qilishga yordam bergan.

Dunyodagi eng keksa ayol hujayralarida yoshartiruvchi genlar topildi

 

Amerikada tug‘ilib, umrining katta qismini Ispaniyada o‘tkazgan dunyoning eng keksa insoni – Mariya Branyas Morera 117 yoshida vafot etdi. Olimlar uning organizmini o‘rganish jarayonida g‘ayrioddiy genetika sirlarini kashf etishdi.

 

Genetik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, Mariyaning irsiy genlari hujayralarining yoshini biologik yoshi bilan solishtirganda 17 yilga yoshroq his qilishiga yordam bergan. Bundan tashqari, uning ichak mikrobiotasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarnikiga o‘xshash bo‘lib chiqqan. Ushbu tadqiqot Barselona universiteti genetika professori Manel Esteller boshchiligida olib borilgan.

 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Mariya Branyas umrining oxirigacha aql-idrokini saqlab qolgan. Uning sog‘lig‘iga bog‘liq asosiy muammolar faqat bo‘g‘im og‘riqlari va eshitish qobiliyatining yo‘qolishi bilan cheklangan.

 

Mariya sog‘lom turmush tarziga amal qilgan:

U har kuni uch mahal yogurt iste’mol qilgan va asosan o‘simlik mahsulotlaridan iborat bo‘lgan o‘rtayer dengizi (sredizemnomorye) dietasiga rioya qilgan. Spirtli ichimlik va tamakidan butunlay tiyilgan. Sayr qilishni yaxshi ko‘rgan va doimo oilasi hamda yaqinlari qurshovida bo‘lishga intilgan.

 

Genetik tadqiqot natijalari kelajakda qarilik bilan bog‘liq kasalliklarni davolash va umrni uzaytirish usullarini ishlab chiqishda muhim o‘rin tutishi mumkin. Manel Esteller boshchiligidagi jamoaning ushbu ishi dunyo bo‘yicha 110 yoshdan oshgan insonlarning umr siri bo‘yicha eng batafsil o‘rganilgan tadqiqotlardan biri bo‘ldi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.