Andijondagi sexda 5,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” MCHJ rahbari S.A. “Beshqovoq” MFY hududidagi tuz ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich muhrini buzib, gaz tarmog‘idan ohak ishlab chiqarish uchun foydalanib, jami 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







