O'zbekiston

Fitr sadaqasi: kimlarga va qancha beriladi?

2025 yil uchun ularning miqdori bilan tanishing.

Fitr sadaqasi: kimlarga va qancha beriladi?

FITR SADAQASI NIMA UCHUN BERILADI?

 

Fitr sadaqasi – ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqa. U Ramazon oyida behuda gap-so‘zlar, qilingan xato va kamchiliklarni yuvish hamda kambag‘al, miskinlar, yetim va bechoralarning ochliklarini ketkazish maqsadida joriy qilingan. Hanafiy mazhabida fitr sadaqasi vojib amal hisoblanadi.

 

QACHON BERILISHI KERAK?

 

Fitr sadaqasini ramazon hayiti kuni tong otgandan yaʼni bomdod namozining vaqti kirgandan boshlab hayit namoziga chiqishdan oldingi vaqtga qadar berish vojib. Ramazon oyi boshlanishi bilan berilsa ham bo‘ladi.

 

Ammo hayit namozidan keyinga qoldirmaslik kerak. Agarda kishi fitr sadaqasini hayit namozigacha bera olmasa, namozdan keyin beradi, lekin savobi ramazon oyida berganchalik bo‘lmaydi, ammo berishi shart. Yaʼni uni berolmay qolgan kishi zimmasida fitr sadaqasini berish vojib bo‘lib qolaveradi.

 

KIMLAR BERISHI KERAK?

 

Xur, nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lgan (fitr sadaqasining nisobida molning o‘suvchi bo‘lishi eʼtiborga olinmaydi) musulmon erkak va ayolning zimmasiga fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Nisob miqdoridagi mulkka ega kishi balog‘atga yetmagan bolalari nomidan fitr sadaqasini berishi vojib.

 

Kishi ayoli va balog‘atga yetgan farzandlari uchun fitr sadaqasini berishi vojib emas, balki ularning o‘zlari berishi maqsadga muvofiq sanaladi. Ammo balog‘atga yetgan farzandlari va ayoli uchun ular aytishmasa ham, fitr sadaqasini bersa, ular zimmasidan fitr sadaqasi soqit bo‘ladi.

 

Hayit kechasi tug‘ilgan chaqaloq uchun ham otasi fitr sadaqa berishi vojib bo‘ladi. Homila va hayit kunidan oldin vafot etganlar uchun esa vojib bo‘lmaydi.

 

KIMLARGA BERILADI?

 

Fitr sadaqasi musulmon kambag‘al-miskinlarga beriladi. “Fatavoi Hindiya” kitobida keltirilishicha, fitrni berishda eng afzali, avvalo, (kambag‘al) aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ngra ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ngra ularning farzandlari. Tog‘a-xolalar va ularning farzandlari so‘ng yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar. Ulardan keyin qo‘shnilar, kasbdoshlar, keyin hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqli hisoblanadi.

 

KIMLARGA BERILMAYDI?

 

Fitr sadaqasi nisob miqdoricha moli bo‘lgan boy kishiga, o‘zining ota-onasi, bobo-momosiga, o‘zining o‘g‘il-qizlariga va ularning farzandlariga, er-xotin bir-biriga berish mumkin emas.

 

Shuningdek, g‘ayridinga, fosiqqa, gunoh va maʼsiyatga, shuningdek musulmonlarga zarar keltiradigan har qanday ishlarga sarflaydigan kimsalarga berilmaydi.

 

Fitr sadaqasini muhtojlarning qo‘llariga qiymatini berish joiz. Bu pullar masjid qurilishi, umumiy xayriya ishlari uchun berilishi mumkin emas.

 

RO‘ZA TUTMAGANLAR HAM FITR SADAQASINI BERADIMI?

 

Biror uzr sababli ro‘za tuta olmaganlar ham o‘zlari yoki ular nomidan nafaqa berishi kerak bo‘lgan odam fitr sadaqasini berishi kerak.

 

FITR SADAQASI QANCHA MIQDORDA BERILADI?

 

2025 yil uchun har bir jon boshiga fitr sadaqasining miqdori:

 

  • bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;

  • arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;

  • mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;

  • xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

 

 

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

 

Eslatma! Fitr sadaqasi qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan bo‘lib, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

 

Manba: Muslim.uz sayti

custom img

O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirilmoqda

Platforma iqtisodiyotning 22 ta asosiy tarmog‘i, 85 ta soha, 14 ta hudud hamda 208 ta tuman va shahar kesimida yashirin aylanmalar xavfini aniqlaydi.

custom img

Chirchiqda Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan. Suzishni bilmagani sababli u kuchli suv oqimida oqib ketgan.

custom img

Jurnalistlarni o‘zim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar do‘st deb bilaman — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti matbuot va OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

custom img

O‘zbekistonda qariyb 3 tonna narkotik yo‘q qilindi

Shu bilan birga yil oxirigacha psixotrop dorilar elektron retsept asosida sotiladi.

custom img

Toshkentda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan media forumi tashkil etildi

“Media haftalik” yakunlari sarhisob qilinib, faol ishtirokchilar taqdirlandi

custom img

O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshga yetdi

So‘nggi 30 yilda o‘zbeklarning umr ko‘rish davomiyligi 9 yilga uzaydi.

custom img

Andijonda ota farzandlari uchun 442 million aliment to‘ladi

Erkak shu tariqa qarzni to‘liq ravishda to‘lab berib, sud hujjati ijrosi to‘liq taʼminlangan.

custom img

Toshkentda ota farzandi uchun 50 ming dollar aliment to‘ladi

Eʼtiborlisi, ota farzandi uchun 176 mln so‘m aliment belgilangan, biroq u 50 ming AQSH dollari miqdorida aliment to‘lashga qaror qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"