Sport

Abduqodir Husanovning transferi 3 barobar qimmatlashdi

Bu uning Angliya Premer-ligasidagi o‘yinlari bilan bog‘liq.

Abduqodir Husanovning transferi 3 barobar qimmatlashdi

Abduqodir Husanovning transfer qiymati so‘nggi yangilanishga ko‘ra 3 barobar oshib, 35 million yevroga yetdi. U avvalroq 12 million yevro bilan baholangan edi.

 

“Manchester Siti” futbolchisining ushbu o‘sishi uning Angliya Premer-ligasidagi o‘yinlari va fevral oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgani bilan bog‘liq.

 

Husanov qishda Angliyaga yo‘l olganidan so‘ng, 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U himoyachi sifatida o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan jamoaga katta foyda keltirmoqda. Uning transfer qiymati O‘zbekiston terma jamoasi tarixida eng yuqori baholangan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

 

Bungacha bu ko‘rsatkich Eldor Shomurodovga tegishli edi. U 2021 yilda “Jenoa”dan “Roma”ga 14 million yevroga ko‘chib o‘tgan edi. Hozirgi kunda Husanov nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. 20 mart kuni u O‘zbekiston terma jamoasi safida Qirg‘iziston bilan, 25 martda esa Eronga qarshi maydonga tushadi.

 

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.