Jahon

Rossiyadagi noqonuniy ukrainaliklar uchun talablar belgilandi

2025-yil 10-sentabrgacha maqomini qonuniylashtirish shart.

Rossiyadagi noqonuniy ukrainaliklar uchun talablar belgilandi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududida noqonuniy yashayotgan Ukraina fuqarolari 2025-yil 10-sentabrga qadar huquqiy maqomini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi shartligi haqidagi farmonni imzoladi.

 

Xabarlarga ko‘ra, farmon Rossiya Federatsiyasining migratsiya siyosatini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan va rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.

 

Hujjatga ko‘ra, Rossiyada yashash uchun rasmiy asosga ega bo‘lmagan ukrainaliklar belgilangan muddatgacha mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishi yoki yashash maqomini qonuniylashtirishi lozim.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga 2025-yil 10-sentabrga qadar hujjat topshirgan ukrainaliklarga barmoq izlari, suratga olish va tibbiy tekshiruvdan o‘tish jarayonida migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazo qo‘llamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Bundan tashqari, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur muddat ichida Ukraina fuqarolarining tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.

 

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil fevral oyidan buyon Rossiyada noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish tartibi joriy etilgan. Ularga 30-aprelgacha mamlakatda qolish huquqini qonuniylashtirish yoki Rossiyani tark etish majburiyati yuklatilgan.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"