O'zbekiston

21-mart uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.

21-mart uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

21 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Navoiy viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

custom img

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"