Jahon

Yevropa Ittifoqi tuxum inqirozini e’lon qildi

Parranda grippi Yevropada tuxum taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.

Yevropa Ittifoqi tuxum inqirozini e’lon qildi

 

Yevropa Ittifoqida tuxum bozorida jiddiy inqiroz yuzaga kelgani e’lon qilindi. Yevropa Parlamenti a’zosi Daniel Buda ushbu masala bo‘yicha Yevrokomissiyaga murojaat qilib, zarur choralar ko‘rishni talab qildi.

 

Parlamentariyga ko‘ra, tuxum ta’minotidagi muammolarning asosiy sababi qush grippining keng tarqalishi bo‘lib, ayniqsa, Polshada millionlab parrandalar nobud bo‘lishi bozordagi beqarorlikka olib kelgan. Bu esa qishloq xo‘jaligi sektoriga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Buda Yevrokomissiyadan zarar ko‘rgan ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tuxum ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qanday choralar rejalashtirilayotganini tushuntirishni so‘radi.

 

Avvalroq, 2024-yilning oktyabr oyida Reuters Yevropada parranda grippi holatlari ortib borayotgani va bu tuxum ta’minotida jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Shu bilan birga, AQShda ham tuxum taqchilligi kuzatilgan bo‘lib, narxlarning oshishi sababli do‘konlar mahsulot sotib olishga cheklovlar joriy qilishga majbur bo‘lgan.

custom img

Hindiston va Nepalda suv toshqinlari: 70 kishi halok bo‘ldi

Nepalning 77 tumanidan 49 tasida suv toshqini xavfi haqida ogohlantirish berilgan.

custom img

Netanyaxudan Erdog‘anga javob: xalqaro sudga murojaat qilishga tayyorlanmoqda

Isroil bosh vaziri Turkiya prezidentiga qarshi Xalqaro jinoyat sudida ish ochish imkoniyatini o‘rganish uchun huquqiy hujjatlar tayyorlashni buyurdi.

custom img

Abu-Dabidagi maxfiy uchrashuv: Netanyaxu BAA prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuv mavzusi va tafsilotlari rasman maʼlum qilinmagan.

custom img

Dunyo bo‘ylab gumanitar yordam: Yevropa Ittifoqi 710 mln yevro ajratadi

Mablag‘larning bir qismi Afrika, Falastin hududlari, Livan va Ukrainaga yo‘naltiriladi.

custom img

Janubiy Afrikadagi ikkita shaharchada otishma bo‘ldi: 27 kishi vafot etdi

Hujum sababi hozircha noma’lum.

custom img

Qozog‘iston mudofaa vaziri ishdan olindi: qaror 14 harbiy halok bo‘lganidan keyin qabul qilindi

Bundan avval Qosim-Jo‘mart Toqayev Mudofaa vazirligidagi ishlar holatini kompleks tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan edi.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"