Jahon

Endi yo‘l qoidasini buzganlarning bilimi joyida tekshiriladi

Bu yangilik haydovchilar orasida turlicha munosabat uyg‘otmoqda.

Endi yo‘l qoidasini buzganlarning bilimi joyida tekshiriladi

Qirg‘izistonda 1 sentyabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar to‘xtash joyida tezkor bilim sinovidan o‘tkaziladi. Agar haydovchi YPX inspektorining savollariga to‘g‘ri javob bera olmasa, uning haydovchilik guvohnomasi vaqtincha olib qo‘yiladi.

 

Bu haqida Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Asqat Alagozov maʼlum qildi. Унинг so‘zlariga ko‘ra, tashabbus prezident Sadir Japarov topshirig‘i bilan amalga oshirilmoqda va yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish maqsadini ko‘zlaydi.

 

Haydovchi istalgan vaqtda “Unaa” davlat agentligi orqali test topshirib, guvohnomasini qaytarib olishi mumkin. Agar birinchi urinish muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, u keyinchalik qayta topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Biroq qayta topshirish bepul emas: 1-urinish – 500 som (taxminan 75 ming so‘m); 2-urinish – 1 000 som (taxminan 151 ming so‘m); 3-urinish – 2 000 som (taxminan 302 ming so‘m); 4-urinish – 4 000 som (taxminan 604 ming so‘m).

 

Alagozovning taʼkidlashicha, test jarayoni videotasvirga olinadi, bu esa shaffoflikni taʼminlash va inspektorlarni nohaq ayblashning oldini olishga xizmat qiladi.

 

Qirg‘iziston rasmiylarining maʼlumotlariga ko‘ra, 2020 yilgacha haydovchilik guvohnomalarining katta qismi qonunbuzarlik yo‘li bilan berilgan. Ko‘pchilik o‘qish o‘rniga pul evaziga guvohnoma olgan.

 

Hozir bunday amaliyot to‘xtatilgan bo‘lsada, yo‘llarda asosiy qoidalardan bexabar haydovchilar hali ham uchrab turibdi. Shu sababdan hukumat haydovchilar bilimini qatʼiy nazorat ostiga olishga qaror qilgan.

 

Bu yangilik haydovchilar orasida turlicha munosabat uyg‘otmoqda. Ayrimlar uni yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yo‘lida muhim qadam deb hisoblayotgan bo‘lsa, boshqalar bu qo‘shimcha qiyinchilik va xarajat ekanini aytib, norozilik bildirmoqda.

 

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

AQSh Ukrainaga 500 ta Patriot raketasini sotishga ruxsat berdi: bitim 2,1 mlrd dollarga baholanmoqda

Kelishuv Kanada, Norvegiya va Germaniya tomonidan moliyalashtiriladi.

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Green Card bo‘yicha yangi qaror: ro‘yxatdan o‘tishni qayta boshlash vaqtincha to‘xtatildi

Viza dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Germaniya va Ukraina jangovar robot ishlab chiqdi: u frontda harbiylar o‘rniga jang qilishi mumkin

Texnikaning dastlabki namunalari yil oxirigacha Ukraina armiyasiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bosniyada harbiy vertolyot quladi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Yevropa Ittifoqining tinchlikparvar kuchlariga tegishli vertolyot o‘quv parvozi vaqtida qulagan.

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Sun’iy intellekt pul ishlash uchun kripto-birjalarni buzishi mumkin — Ilon Mask

Ilon Mask Binance kripto-birjasiga qilingan xakerlik hujumi ortidan sun’iy intellektning kelajakdagi imkoniyatlari va xavflari haqida fikr bildirdi.

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Rossiya turkiy davlatlar tashkilotiga qo‘shiladimi? Toqayev taklif bilan chiqdi

Anqarada o‘tgan TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Rossiyani tashkilotga kuzatuvchi sifatida taklif qilish tashabbusini ilgari surdi.

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Makka hududida dron urib tushirildi: tomonlar bayonotlari bir-biriga zid

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya dron Yaman hududidan uchirilganini bildirdi, husiylar esa hujumga aloqadorligini rad etdi.

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

Trampga Eronga qarshi harbiy harakatlar variantlari ko‘rsatildi — WSJ

AQSh harbiy rahbariyati Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha bir nechta variantni taqdim etgan.