O'zbekiston

26 mart uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

26 mart uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

 

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"