O'zbekiston

Milliy tibbiyot markazida muvaffaqiyatli operatsiyalar soni oshib bormoqda

O‘zbekistonda transplantatsiya jarrohlik operatsiyalari yangi bosqichga chiqmoqda.

Milliy tibbiyot markazida muvaffaqiyatli operatsiyalar soni oshib bormoqda

 

Milliy tibbiyot markazida o‘tgan yili 100 ga yaqin jigar va buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

 

2024 yil boshida ishga tushirilgan Milliy tibbiyot markazi qisqa vaqt ichida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o‘zlashtirgan yetakchi sog‘liqni saqlash muassasalaridan biriga aylandi.

 

Bu yerda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.

 

Unda taʼkidlanishicha, 2024 yil davomida markazda 5 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalar bajarildi.

 

Kardiojarrohlik, endovaskulyar jarrohlik, travmatologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, neyroxirurgiya va transplantologiya sohalarida amalga oshirilgan murakkab amaliyotlar bemorlar salomatligini tiklash barobarida, tibbiyotni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

 

Xususan, laparoskopik usuldagi, endoprotezlash, yurak-qon tomir jarrohligi hamda neyro va urologik xirurgiya bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar joriy etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Milliy tibbiyot markazi mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari orasida birinchi bo‘lib 7/24 ish rejimiga o‘tgan edi.

 

Bu yerda inson aʼzolari transplantatsiyasi yo‘nalishida ham yuksak natijalarga erishilmoqda. Jumladan, 2024 yil davomida muassasada 15 dan ortiq jigar va 75 ta buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi.

 

Jigar transplantatsiyasining oxirgi 5 tasi hindistonlik taniqli jarroh bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

 

Joriy yil Milliy tibbiyot markazi uchun transplantologiya va yuqori texnologik jarrohlik sohasida yangi bosqichga ko‘tarilish davri bo‘lmoqda. Jumladan, bu yo‘nalishda ilg‘or usullar o‘zashtirildi, natijada operatsiyalar soni oshdi va sifati yaxshilandi.

 

Ayniqsa, bir kunda parallel ravishda to‘rtta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani nafaqat markaz tarixida, balki butun mamlakat tibbiyotida muhim voqea bo‘ldi.

 

Muassasaning transplantolog va jarrohlari xalqaro tajribani o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda bemorlar uchun eng samarali davolash usullarini rivojlantirish ustida izlanishda davom etmoqda.

 

Kelgusida transplantatsiya jarayonlarini yana-da takomillashtirish, inson aʼzolari donorligini rivojlantirish va yuqori texnologik amaliyotlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima tartibi o‘zgardi: qaysi joylarda bayonnoma rasmiylashtirilmaydi?

Shuningdek, xavfsizlik kamarini taqmaslik holatlari maxsus avtomatlashtirilgan qurilmalar orqali ham aniqlanishi mumkin.

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Suvdan qarzi bor iste’molchilarning elektr to‘lovlari cheklanadimi? Yangi tartib ma’lum qilindi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ekostiker olmagan haydovchilar jarimaga tortiladimi? YHXX munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ekostiker olmagan haydovchilar 4,4 million so‘m jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.